20:12 / 29.11.2021
3 283

Bloger Xitoyda uyg‘urlar saqlanadigan lagerlarni videoga oldi

Bloger Xitoyda uyg‘urlar saqlanadigan lagerlarni videoga oldi
Videobloger uyg‘urlar va boshqa musulmon ozchiliklar saqlanadigan Xitoy lagerlarini videotasvirga oldi, deya yozadi Daily Mail.

Guan Guan nikli bloger o‘zini sayyoh sifatida ko‘rsatgan va ryukzagiga yashiringan kamerasi bilan Shinjon-Uyg‘ur avtonom tumanining sakkizta shahrida bo‘lgan. U baland simtikanlar bilan o‘ralgan, qo‘riqlash minoralari va politsiya nazorat punktlari bo‘lgan 18 ta lagerni aniqlagan. Shuningdek, bloger “Mehnat orqali tuzatish” shiori osilgan hibsxonani ham topgan. Lagerlarning ko‘pi xaritalarda belgilanmagan edi.

Islom dini bilan bog‘liq tadqiqotlar markazi hisoblanuvchi Newlines Institute mart oyida chop etgan hisobotga ko‘ra, Xitoy Xalq Respublikasi hukumati BMTning genotsid jinoyatining oldini olish konvensiyasidagi har bir taqiqni buzgan, shuning uchun ham Shinjon-Uyg‘ur tumanidani etnik ozchiliklar bilan sodir bo‘layotgan voqealarni qirg‘in deb atash mumkin.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Bloger Xitoyda uyg‘urlar saqlanadigan lagerlarni videoga oldi