Foto: Irakli Gedenidze / Reuters / Scanpix / LETA
Gruziya sobiq prezidenti Mixail Saakashvili vataniga «mamlakati vayron bo‘layotganiga jim qarab turolmagani» uchun qaytgan. U bu haqda Tbilisi shahar sudida qilgan chiqishida aytdi.
Sobiq prezidentning so‘zlariga ko‘ra, u turli davlatlardagi gruziyalik emigrantlar bilan suhbatlashganida ular «o‘z mustaqilligini yo‘qotayotgan va Rossiya nazorati ostiga o‘tayotgan Gruziya»dagi og‘ir hayot haqida gapirib berishgan.
«Mening prezidentlik vaqtimda oddiy odamlarning hayoti hozirgidan ancha yaxshi edi. Bu milliy valyuta kursi va ishsizlikka ham tegishli. Pul topish uchun Gruziyadan Polshaga gala-gala gruzinlarning mavsumiy ishlarga borishi fojia. Oxirgi yillarda Gruziyadan 700 mingga yaqin kishi ko‘chib ketgan. Bu ko‘z oldimizda yuz berayotgan fojia. Men Kiyevda mamlakatim qanday vayron bo‘layotganini tomosha qilib o‘tirolmadim», — dedi Saakashvili.
Saakashvilining ta’kidlashicha, unda Ukraina bosh vaziri bo‘lish imkoniyati bor edi, ammo vatanini «telbalarcha sevgani uchun» Gruziyaga qaytgan.
«Ukrainada prezident Poroshenko davrida menga ikki marta bosh vazir lavozimini taklif qilishdi, lekin men rad etdim. Hammasi men telbalarcha sevgan Gruziyaga qaytish uchun», — dedi siyosatchi.
Sentabr oyi oxirida mamlakatga yashirincha qaytgan sobiq prezident 1 oktabr kuni qo‘lga olingandi.
Saakashviliga Gruziyada ko‘plab holatlar bo‘yicha jinoyat ishi ochilgan va ularning ikkitasi bo‘yicha sirtdan 6 yillik qamoq jazosi ham e’lon qilingandi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi