22:53 / 29.11.2021
2 910

Turk nashrlari Turkmaniston prezidenti rafiqasi suratini e’lon qildi

Turk nashrlari Turkmaniston prezidenti rafiqasi suratini e’lon qildi
Foto: İHA
OAVda ilk marta Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedovning rafiqasi — Ogulgerek Berdimuhamedovaning surati paydo bo‘ldi. Surat Turkiyaning iHA va SonDakika nashrlari tomonidan e’lon qilingan.

Fotosurat 27 noyabr kuni Ashxobodga rasmiy tashrif bilan kelgan Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an sharafiga uyushtirilgan banket vaqtida olingan. Unda ikki davlat rahbarlari o‘z rafiqalari bilan birgalikda aks etgan.

Jurnalistlar surat ostida Turkiya rahbarining turmush o‘rtog‘i nomini keltirishgan — Emine Erdo‘g‘an, ammo Berdimuhamedovniki yo‘q. Katta ehtimol bilan, turk jurnalistlari uning ismini ham bilishmagan. «Ozodlik» radiosining turkman bo‘limi qayd etishicha, turkmanlar yetakchisi hech qachon rafiqasini xorij safarlariga olib bormagan, jamoatchilik oldida u bilan birga ko‘rinish bermagan va Berdimuhamedov farzandlari va nabiralari bilan tushgan oilaviy suratlarida ham uning rafiqasi yo‘q.

«Shu vaqtgacha keng jamoatchilikka Ogulgerek Berdimuhamedova haqida ma’lumotlar ma’lum bo‘lmagan: u kimligi, nima bilan mashg‘ul ekani va yoshi nechadaligini hech kim bilmaydi. Hatto Google qidiruv tizimi ham uning ismi qidirilganda Tojikiston prezidenti Imomali Rahmon va rafiqasi Azizmo Asadullayeva birga tushgan suratni chiqarib beradi», deya yozadi nashr.

Foto: Videodan kadr
Turkmanistondagi ommaviy axborot vositalari Berdimuhamedovaning suratini nashr etmadi. Lekin davlat televideniyesida namoyish etilgan ziyofat chog‘ida olingan telereportajda u kadrga tushib qolgan, lekin operator unga alohida e’tibor qaratmagan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Turk nashrlari Turkmaniston prezidenti rafiqasi suratini e’lon qildi