10:23 / 30.11.2021
3 851

«Tolibon» Qrim to‘g‘risidagi savolga javob berdi

«Tolibon» Qrim to‘g‘risidagi savolga javob berdi
Foto: Rostislav Juravlyov/Octagon.Media
«Tolibon» harakati Qrimda yashayotgan insonlarni qo‘llab-quvvatlaydi, ularning o‘z ovozi bor, dedi harakat rasmiy vakili Zabihulla Mujohid «Oktagon» nashriga bergan intervyusida.

«Qrim masalasida aytmoqchimanki, bu Ukraina va Moskvaning ishi. Bu muammo tez vaqtda yechiladi deb umid qilamiz. U tufayli mintaqada urush boshlanishi va boshqa mamlakatlar bundan o‘z maqsadlarida foydalanishidan Xudo saqlasin», — deya qo‘shimcha qildi Mujohid.

Harakat vakili Qrimning Rossiya hududi deb tan olinishi borasida agar yarimorol aholisi Rossiya bilan bo‘lishni istasa, «Tolibon» ham bunga qo‘shilishini aytdi.

Oktabrda Kreml vakili Dmitriy Peskov toliblarni Afg‘onistonning amaldagi rahbariyati deb atagandi.
«Toliblar yuridik jihatdan tan olinmagan, ammo amalda Afg‘oniston rahbariyati hisoblanadi», — degandi u.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » «Tolibon» Qrim to‘g‘risidagi savolga javob berdi