16:16 / 30.11.2021
2 276

Gvatemalalik migrant AQSHga samolyotning shassi qismida uchib keldi

Gvatemalalik migrant AQSHga samolyotning shassi qismida uchib keldi
Videodan kadr
Gvatemala fuqarosi AQSHning Mayami shahriga Boeing 737-800 samolyotining shassi bo‘lmasiga yashiringan holda uchib keldi. Parvoz 3 soatga yaqin davom etgan. Bu haqda The New York Times nashri xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, voqea 27 noyabrda yuz bergan. 26 yoshli migrant aeroportning uchish-qo‘nish yo‘lagiga yashirincha o‘tib, samolyotni parvozga tayyorlash vaqtida uning shassi bo‘lmasiga yashirinib olgan.

Noodatiy yo‘lovchi AQSHga kelgandan keyin chegarachilar tomonidan ushlangan. Ma’lumotlarga ko‘ra, unga xavfli parvoz vaqtida shikast yetmagan. Erkak tekshiruvdan o‘tkazish uchun tibbiy muassasaga yetkazilgan.

Avgust oyida Afg‘onistonda hokimiyatni toliblar egallagandan keyin Kobul aeroportidan evakuatsiya vaqtida bir qancha afg‘onistonliklar AQSH harbiy samolyotiga tashqi tomondan chirmashgan holda mamlakatni tark etishga uringan. Biroq ular yuqori tezlikda uchuvchi samolyotning shassisi yoki korpusini uzoq vaqt davomida ushlab tura olishmagan va natijada katta balandlikdan yerga qulab halok bo‘lishgan.

Jumladan, Kobuldan AQSHga kelgan S-17 harbiy-transport samolyoti shassi qismida jasad topilgan. Keyinroq ushbu jasad futbol bo‘yicha Afg‘oniston yoshlar terma jamoasi a’zosi Zakiy Anvariyga tegishli ekani aniqlangan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Gvatemalalik migrant AQSHga samolyotning shassi qismida uchib keldi