1 891
Ramzan Qodirov «badjahl va qattiqqo‘l yigitlarni» ayollarga nisbatan hurmatda bo‘lishga chaqirdi
Foto: «Kommersant’»
Onalar kunidan so‘ng Checheniston rahbari Ramzan Qodirov ayollarga nisbatan hurmat va g‘amxo‘rlikni kuchaytirish zarurligini ma’lum qildi, deb xabar beradi «Kommersant’». Uning ta’kidlashicha, musulmonlarga xos bo‘lmagan ushbu bayramni nishonlashning yomon tomoni yo‘q.
«Do‘stlar, islom va chechen an’analarining nozik jihatlarini farqlay olmaydigan insonlar chechen jamiyatida xotin-qizlarni yoqtirmaslik mavjud deb xato o‘ylaydi. Nima ham deymiz, hatto ayrim badjahl va qattiqqo‘l yigitlar onalar, opa-singil va turmush o‘rtoqlariga guldastalar, sovg‘a va iliq tabriklar orqali o‘z hurmatini bildirishni uyatli ish deya hisoblaydi. Ajoyib va nozik jins vakillariga nisbatan bu qadar qattiq bo‘lish kerak emas. Busiz ham ularga oson emas», — deb yozadi u o‘zining «VKontakte»dagi sahifasiga.
Qodirov o‘z postida respublika muftiysi Shayx Salah Mejiyevning Alloh «ayollarga nisbatan sabrli bo‘lish, ularga katta e’tibor qaratish va g‘amxo‘rlik qilish» va ayollarga o‘zi kabi munosabatda bo‘lishni o‘rgatgani haqidagi nasihatini eslab o‘tgan. Checheniston rahbarining fikricha, musulmonlarni Onalar kuni kabi musulmonlarga xos bo‘lmagan bayramni nishonlashda ayblayotganlar «hatto o‘z onalariga minnatdor bo‘lishni bilmaydigan» johillar hisoblanadi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?