Shimoliy Atlantika alyansi G‘arb qo‘shinlarining Afg‘onistondan tartibsiz olib chiqilishi bo‘yicha tahlilining birinchi bosqichini yakunladi. NATO mamlakatlari tashqi ishlar vazirlari 1 dekabr, chorshanba kuni Latviya poytaxti Riga shahrida bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda alyansning yirik va shoshilinch evakuatsiya missiyalarini o‘tkazish salohiyatini kuchaytirish bo‘yicha tavsiyalar bo‘yicha kelishib oldi.
Yig‘ilishda xorijiy operatsiyalarni rejalashtirishda “bajarish mumkin bo‘lgan maqsadlar”ni belgilashni davom ettirish hamda missiya joylashgan mamlakatdagi siyosiy va madaniy standartlarni hisobga olish haqida qaror qabul qilindi.
Germaniya Tashqi ishlar vaziri Xayko Maasning aytishicha, operatsiya boshlanishidan oldin NATO uni uzoq vaqt o‘tkazish niyatidami yoki yo‘qmi, aniq belgilashi, shu bilan birga har qanday holatda ham shior “Biz birga keldik, birga ketamiz” bo‘lishi zarur.
2021 yilning yozida NATO deyarli yigirma yillik operatsiya ortidan Afg‘onistonni tark etganch, u yerda “Tolibon” harakati hokimiyatni egalladi. Holbuki, operatsiyadan maqsad “Tolibon”ning qaytishiga yo‘l qo‘ymaslik edi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?