00:26 / 03.12.2021
3 528

Qiz onasi uni dunyoga keltirishiga ruxsat bergan shifokorni sudga berdi

Qiz onasi uni dunyoga keltirishiga ruxsat bergan shifokorni sudga berdi
Foto: «Daily Mirror»
Angliyaning Linkolnshir grafligi Skegness shahrida istiqomat qiluvchi qiz onasining davolovchi shifokorini sudga bergan. Chunki ular uning tug‘ilishiga ruxsat bergan. Sudda g‘alaba qozongach, tovon puli talab qildi. Bu haqda Daily Mirror nashri xabar bermoqda.

1 dekabr kuni Londonda bo‘lib o‘tgan sud majlisida sudya Rozalind Kou umurtqa pog‘onasi yorilishi (Spina bifida) bilan dunyoga kelgan 20 yoshli Evi Tumbs umrining oxirigacha to‘lov olishi kerakligi haqida qaror chiqardi. Sudyalarning tarixiy qarori pretsedentni keltirib chiqardi: endi boshqa shifokorlar ham homilador bo‘lishdan oldin maslahat paytida beparvoligi uchun javobgarlikka tortilishi mumkin. Chunki shundan so‘ng bemorlarda og‘ir kasallikka chalingan bolalar dunyoga kelishgan.

Sudya prokurorning fikriga qo‘shilishini tushuntirdi: shifokor Filipp Mitchell qizning onasini homiladorlikdan oldin va homiladorlikning dastlabki 12 haftasida folat kislotasi tabletkalari kursini olish kerakligi haqida ogohlantirmagan. Qizning so‘zlariga ko‘ra, agar onasi bu haqda bilganida, u ko‘rsatmalarga amal qilib, homiladorlikni kechiktirgan bo‘lardi. Shunday qilib, Tumbs dunyoga kelmagan va jiddiy kasallikdan aziyat chekmagan bo‘lar edi. Negaki, qiz og‘ir dard tufayli gohida tomchi dori ostida kunini o‘tkazishga majbur bo‘lmoqda. Umuman olganda, qiz o‘zining tug‘ilishini shifokorning beparvoligi tufayli yuzaga kelgan xato deb hisoblaydi.

Agar tomonlar suddan tashqarida kelishib olmasa, ish Tumbs uchun tovon to‘lashning to‘liq miqdorini aniqlash uchun sudga qaytariladi.

Shifokorning o‘zi qizning ayblovlariga qo‘shilmaydi. Uning ta’kidlashicha, bunday xatoga yo‘l qo‘ygan bo‘lishi mumkin emas. Chunki u homiladorlikni rejalashtirayotgan barcha bemorlarga tegishli qo‘shimchalarni olishni tavsiya etadi.

Umurtqa yorilishi – yosh o‘tgan sari yomonlashadigan bedavo kasallik. U homiladorlikning birinchi oyida go‘dakda paydo bo‘lib, falajlik hamda peshob va ich kelishini nazorat qila olmaslik bilan namoyon bo‘lishi mumkin.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Qiz onasi uni dunyoga keltirishiga ruxsat bergan shifokorni sudga berdi