13:39 / 03.12.2021
3 388

Ukraina tashqi ishlar vaziri Rossiyani «tobutlar oqimi»dan ogohlantirdi

Ukraina tashqi ishlar vaziri Rossiyani «tobutlar oqimi»dan ogohlantirdi
Ukraina tashqi ishlar vaziri Dmitriy Kuleba Rossiya Ukraina bilan urush qilishga qaror qilsa, katta yo‘qotishga uchrashini ta’kidladi. Bu haqda u Latviyaning Sargs.lv axborot portaliga bergan intervyusida aytib o‘tgan.

«Bizning qurolli kuchlarimiz salohiyati keskin o‘sdi. Agar Rossiya hali ham urushga kirishga qaror qilsa, u holda juda ko‘p sonli askarlarining halok bo‘lishiga to‘g‘ri keladi, hozir vaziyat 2014 yildagiday emas. O‘zaro urush oqibati qirg‘in bo‘ladi»,— dedi u.

Bundan tashqari, Kulebaning fikriga ko‘ra, Ukrainaga qilingan hujum Rossiyaning o‘ziga tahdid solishi mumkin.

«Mamlakat ko‘p yillar davomida o‘z aholisining miyasini yuvish, tashviqot vositalari orqali Ukrainani kamsitish uchun millionlab pul sarfladi. Biroq, shunga qaramay, Kreml Rossiya askarlarining Ukraina tomonidan cheksiz miqdordagi tobutlari keltirila boshlasa, Rossiya jamiyati qanday munosabatda bo‘lishini hali tushunmadi», —degan u.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Ukraina tashqi ishlar vaziri Rossiyani «tobutlar oqimi»dan ogohlantirdi