2 540
Shohona keksayish: Qirolicha Yelizaveta II 95 yoshida ham go‘zal ko‘rinishga qanday erishgan?
Foto: «Domashniy ochag»
Shvetsiyaning go‘zallik va sog‘lomlashtirish brendi FOREO tomonidan tuzilgan dunyoning eng chiroyli qarigan yulduzlar reytingida qirolicha Yelizaveta ikkinchi o‘rinni egalladi. Birinchi o‘rinni undan atigi 20 yosh kichik bo‘lgan Helen Mirren egallagan. Buyuk Britaniyaning 13 foiz aholisi qirolichani yoshiga nisbatan muhtasham ko‘rinishga ega deb hisoblaydi. «Domashniy ochag» jurnali qirolicha bu natijaga qanday erishgani haqida ma’lumot berib o‘tadi.
Quyosh nurlaridan saqlanish
Rasmiy tadbirlarda qirolicha doimiy ravishda bosh kiyimi va qo‘lqop bilan ko‘rinish beradi. Shlyapa quyoshdan himoya qiluvchi eng yaxshi vosita hisoblanadi. Ultrabinafsha nurlari terining erta qarishining eng asosiy sabablaridan hisoblanadi. Shuni bilgan holda qirolicha har safar ko‘chaga chiqishdan avval soyabon va bosh kiyimi olishni unutmaydi. Hatto yozgi ta’tilni ham qirolicha dengiz emas, Shotlandiyadagi Balmoral qarorgohida o‘tkazishni afzal biladi.
Mavsumiy mahsulotlardan parhez
Qirollik oilasi mahalliy ishlab chiqariladigan mavsumiy mahsulotlarni iste’mol qilishni afzal biladi. Masalan, Yelizaveta II iste’mol savatchasida Denhay Farms’ning qayta ishlangan go‘sht mahsulotlari, Musk’s sosiskalari, Noble Foods tuxumlari, Wilkin & Sons murabbosi va H.R. Higgins qahvasini yaxshi ko‘radi. Shirinliklardan qirolicha shokoladli biskvit va qora shokoladni yaxshi ko‘radi. Umuman olganda Yelizaveta II tabiiy mahsulotlarni o‘z ichiga oladigan parhezga amal qiladi.
Pomada surtishni kanda qilmaydi
Hamisha tartibli ko‘rinadigan Yelizaveta II, doim did bilan bo‘yanadi. Pomada – uning makiyajining ajralmas qismi sanaladi. 1953 yil inauguratsiya marosimidan avval Clarins brendiga teri rangiga urg‘u berib, libosiga mos turadigan qirolicha pomadasi uchun buyurtma berilgan. Pomada qirolichaning sevimli qarorgohi sharafiga Balmoral deb atalgan. Umuman qirolicha bir necha yildan buyon labini Elizabeth Arden lab bo‘yog‘i bilan bo‘ylaydi. Och pushti, qizil va lavlagi rangli pomada qirolichaning jon-u dili.
Teri parvarishi
12 yil davomida qirolicha Tella Xollandning Cyclax markasidan foydalangan. U Telladan parvarish borasida maslahat olib turgan. Terini tozalash uchun esa ko‘p yillardan buyon Molton Brown va Bronnley, parvarish borasida esa Eight Hour Cream’ni afzal biladi.
Soch turmagi
90 yillardan buyon qirolicha sochlarini bo‘yashdan voz kechgan. Shundan buyon sochlarning tabiiy oqarishini ma’qul biladigan hazrati oliyalari, qolaversa bir soch turmagida yuradi. Ayni vaqtda uning shaxsiy stilisti Yan Karmaykl hisoblanadi. Sochlari uchun u hind yog‘ochidan ishlangan taroq ishlatishni afzal biladi.
Qo‘llarga alohida e’tibor
Qirolicha qo‘llariga qo‘lqop kiymasdan ko‘rinish bermaydi. Bu borada u paxtadan tikilgan modellarni afzal biladi. Yil davomida deyarli 5 ming marta qo‘l berib ko‘rishadigan Yelizaveta II, infeksiya yuqtirib olishdan cho‘chiydi. Uning sumkasida hamisha Jeunesse des Mains kremlarini ko‘rish mumkin. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zbekistonda o‘tgan uch oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgan?
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi