12:13 / 05.12.2021
1 745

Keniyada avtobus daryoga quladi: 23 kishi halok bo‘ldi

Keniyada avtobus daryoga quladi: 23 kishi halok bo‘ldi
Foto: The Star
Keniyada suv bosgan ko‘prikdan o‘tayotgan avtobus daryoga qulashi natijasida 23 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda The Star nashri xabar berdi.

Xabarga ko‘ra, 12 kishi qutqarib olingan. Halok bo‘lgan 23 kishining 15 nafari to‘yga ketayotgan oilaning a’zolari bo‘lgan.

Nashrning yozishicha, halok bo‘lganlar soni oshishi mumkin, chunki qorong‘i tushgani sababli avtobus ichidagi jasadlarni olib chiqish ishlari to‘xtatilgan.

Ushbu holat tasvirlangan videodan ma’lum bo‘lishicha, avtobus Enziu daryosi ustidagi suv ostida qolgan ko‘prikdan o‘tishga uringan. Avtobus kutilmaganda yo‘ldan chiqib, daryoga qulagan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Keniyada avtobus daryoga quladi: 23 kishi halok bo‘ldi