14:44 / 05.12.2021
2 611

Tadqiqot: Omikronning immunitetdan qochish qobiliyati to‘g‘risida ilk aniq ma’lumotlar paydo bo‘ldi

Tadqiqot: Omikronning immunitetdan qochish qobiliyati to‘g‘risida ilk aniq ma’lumotlar paydo bo‘ldi
Kvazulu-Nataldagi markaz xodimlari / EyePress / AFP / Scanpix / LETA
Janubiy afrikalik epidemiologlar koronavirusning yangi varianti bu virusga avval chalinib tuzalganlarda orttirilgan tabiiy immunitetni qisman yenga olishi to‘g‘risidagi ilk ma’lumotlarni olishdi. Bungacha ana shu variant amalga oshirgan ko‘p sonli mutatsiyalarning nazariy tahlilidan boshqa ishonchli ma’lumotlar yo‘q edi. «Meduza» tadqiqot natijasida nimalar ma’lum bo‘lgani haqida hikoya qiladi.

JAR hukumati yangi variant bilan kasallanish holatlari mamlakat bo‘ylab ortib borgani sari Covid-19’ga qarshi emlanishni majburiy qilish imkoniyatini ko‘rib chiqyapti.

Omikron vaksina olgan va kasallanib tuzalganlarda hosil bo‘lgan immunitetdan qochish qobiliyatiga ega bo‘lishi mumkinligi taxmin qilinayotgandi.

Birinchidan, mutatsiyalar g‘ayritabiiy holda ko‘p edi – 50dan ortiq. Ikkinchidan, ularning ko‘pchiligi neytrallashtiruvchi antitanalar sohasi – aniqrog‘i RBD-domendagi S oqsilida lokalizatsiya qildi. Uchinchidan, omikron qo‘lga kiritgan mutatsiyalar orasida avvallari SARS-CoV-2 (1, 2)ning boshqa turlarida neytrallashtiruvchi antitanalar titri tushishi bilan bevosita bog‘langanlari bor edi. Biroq omikronning immunitetdan qochish imkoniyatlarini o‘rganuvchi laboratoriya tadqiqotlari olib borilmagandi. U 23 noyabr kuni aniqlandi.

Tadqiqot koronavirusga topshirilgan test natijalaridan iborat bir necha ma’lumotlar bazasi tahlili asosida amalga oshirilgan. Mazkur ma’lumotlar pandemiya boshidan beri JAR tibbiyot muassasalari tomonidan to‘plangan. Turli bazalarni birlashtirib, tadqiqotchilar mamlakat aholisi turli vaqtda o‘tgan test natijalarini taqqoslash va ular orasida ehtimoldagi reinfeksiya holatlarini topishga muvaffaq bo‘lishdi. Avvalgi musbat natijadan 90 kundan ko‘proq vaqt o‘tgach, testning yana musbat natijasi qayta infeksiya deb hisoblandi (odatda qayta infeksiya yuqtirishni aniqlash usuli murakkabroq).

Yoxannesburgda vaksina olish uchun navbat. 2021 yil 3 dekabr. Foto: Kim Ludbrook / EPA / Scanpix / LETA
Olimlarning vazifasi – to‘plangan ma’lumotlar asosida kasallanishning turli to‘lqinlari jarayonida takroriy infeksiyalar xavfi qanchalik o‘zgarganini aniqlashdan iborat bo‘ldi. JARda ushbu to‘lqinlar bir necha yangi variantning tarqalishi bilan aniq mos keldi:
  • 2020 yilning yoz fasliga to‘g‘ri kelgan birinchi to‘lqinda Uhandagi SARS-CoV-2 ustunlik qilgandi;
  • 2021 yilning yanvar oyida avj olgan ikkinchi to‘lqinda beta varianti ustunlik qilgan (bu variant avvalroq «janubiy afrika shtammi» sifatida mashhur edi);
  • 2021 yilning iyun oyida boshlangan uchinchi to‘lqinda esa beta delta tomonidan siqib chiqarildi;
  • 2021 yilning noyabr oyi o‘rtasida JARda omikron bilan bog‘liq yangi pandemiya boshlandi.

Delta va beta variantlarining virusli zarrachalari Uhan shtammi infeksiyasi tomonidan orttirilgan antitanalar bilan yomonroq neytrallashishi ma’lum bo‘lgani uchun qayta infeksiyalanish ortishini kasallanishning ikkinchi va uchinchi to‘lqinida kutish mumkin edi. Buni tekshirib ko‘rish uchun tadqiqot o‘tkazildi. U omikron to‘g‘risidagi yangiliklar paydo bo‘lishidan oldin boshlangan.

Aytish joizki, virusning o‘ziga xos jihatlari bilan bog‘liq qayta infeksiyalanish xavfini ana shunday voqealarning tez-tez uchrab turishi asosida hisoblab bo‘lmaydi. Bu miqdor epidemiyaning joriy davrida jami kasallanish holatlariga bog‘liq bo‘ladi. Shuning uchun mazkur ko‘rsatkichni baholash uchun olimlar qayta kasallanish holatlari tez-tez uchrashini tahlil qilishmadi. Jami epidemiya davomida birinchi va ikkinchi infeksiyalar nisbatini solishtirdilar.

Tahlil natijalarini ikki bandda umumlashtirish mumkin:
  • Beta va kamroq darajada delta viruslariga qarshi antitanalarning bog‘lanish kuchining aniq belgilangan pasayishiga qaramay, bu pasayish Janubiy Afrikada qayta infeksiya xavfiga ta’sir ko‘rsatmadi. Boshqacha qilib aytganda, Uhan shtammidan tuzalganlar delta va beta bilan taxminan bir xil (yoki biroz kamroq) kasallangan.
  • Ammo omikronda qayta infeksiyalar xavfi boshidagi holatga nisbatan taxminan ikki baravar ko‘paydi (kutilmagan xato chegarasi 1,88-3,11).

Xavf ikki marta ortganini quyidagi misolda ko‘rish mumkin
Aytaylik, populyatsiyada kun davomida virusga birinchi marta duch kelgan 1000ta vaksina olmagan va koronavirus bilan kasallanmagan odamlar namunasi bor. Masalan, to‘qnashuv natijasida ana shu mingtadan 100 nafar kishi virus yuqtirdi.

Endi esa xuddi shu tarzda yana 1000 nafar odamni misol tariqasida olamiz. Biroq ularning hammasi bu safar kasallikni boshdan kechirganlar bo‘ladi. Ulardan 100 nafari emas, 20 kishi kasallikni qayta yuqtirishini kutish mumkin: kasallikni boshdan o‘tkazganlarning tabiiy immuniteti himoyaviy samaradorligi taxminan 80 foizni tashkil etadi. Bu bir necha yirik tadqiqotlar asosida aniqlangan (1,2).

Qayta infeksiya xavfining ikki marta ortishi omikron bilan bog‘liq holatda xuddi shunday vaziyatda 20 nafar emas, 40 nafar infeksiya yuqtirganlarni kutish mumkin. «To‘liq immunitetga ega» odamlar orasida 100 nafar kasallanganlarga qaraganda hali ham kamroq. Biroq delta va beta variantlariga qaraganda sezilarli darajada ko‘p.

Qayta infeksiyalanish chastotasi ortishi kasallikni boshdan kechirgan aholi orasida virus yuqori tezlikda tarqalishiga olib keladi. Tashqi tomondan bu yuqori darajada yuqumlilik bo‘lib ko‘rinishi mumkin. Gap yuqumlilik haqidagina emas. Immunitetdan qochuvchi bunday virusning muvaffaqiyatli infeksiyalar uchun «istiqboldagi auditoriya»si ko‘proq ekanida.

Ehtimol, yangi variant paydo bo‘lishi ortida JARda infeksiya tarqalishining yuqori tezligini aynan shu bilan izohlash mumkindir. Noyabr oyi boshida har kuni 300taga yaqin yangi kasallanish holatlari ro‘yxatga olingandi. 2 dekabrda esa 11 535ta infeksiya qayd etilgan. O‘tkazilayotgan barcha testlar orasida ijobiy testlar ulushi ham ortmoqda. Demak, kasallikni yuqtirganlar aslida yanada ko‘proq.

Yangi tadqiqot xulosalarini to‘g‘ri tushunish uchun ikkita jihatni alohida ta’kidlash kerak.

Birinchidan, gap tashxis qilingan kasalliklar emas, aynan laborator testlar yordamida aniqlangan infeksiyalar haqida. Har qanday infeksiya ham kasallikka olib bormaydi. Qayta infeksiya yuqtirish birinchi yuqtirish holatiga qaraganda o‘rta hisobda yengilroq kechadi deyish uchun asoslar mavjud.

Ikkinchidan, mualliflar odamlarning vaksina olganlik mavqeyini hisobga olishmagan. Bu haqida ular qo‘llagan ma’lumotlar bazasida axborot bo‘lmagan. Vaksina olgan kishilarda qayta infeksiya yuqtirish xavfi avvalroq kasallikni boshdan kechirganlarga qaraganda farq qilish qilmasligini bilmaymiz. Bu tafovut esa katta bo‘lishi mumkin. Biroq uni aniqlash uchun qo‘shimcha tadqiqotlar zarur.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Tadqiqot: Omikronning immunitetdan qochish qobiliyati to‘g‘risida ilk aniq ma’lumotlar paydo bo‘ldi