21:08 / 06.12.2021
2 670

Britaniyada «kelajak samolyoti» ishlab chiqildi

Britaniyada «kelajak samolyoti» ishlab chiqildi
Foto: Bloomberg
Britaniya Aerokosmik texnologiyalar institutida dunyo aviatsiyasining kelajagiga aylanishi mumkin bo‘lgan samolyot ishlab chiqildi, deb yozadi Bloomberg.

Buyuk Britaniya hukumati ushbu samolyotni ishlab chiqishga 15 mln funt sterling bergan. Yangi avialayner vodorod yonilg‘isida ishlaydi va ekologiyaga xavf solmaydi.

Model ikkita turboventilatorli dvigatel va vodorod saqlashga mo‘ljallangan kriogen baklar bilan jihozlangan. Yonilg‘ini minus 250 daraja haroratda ham saqlash mumkin.

Tadqiqotchilarning ta’kidlashicha, layner 279 nafar yo‘lovchini reaktiv dvigatelli samolyotlardagi kabi tezlik va qulaylikda Londondan San-Fransiskoga olib kelishi mumkin.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Britaniyada «kelajak samolyoti» ishlab chiqildi