07:00 / 09.12.2021
2 887

Dunyoning eng boy odami rasman uysiz qoldi

Dunyoning eng boy odami rasman uysiz qoldi
Foto: «Officiel-online.com»
Sayyoramizning eng boy odamlardan biri, Space X rahbari Ilon Mask uysiz qoldi. Fox News telekanali xabariga ko‘ra, tadbirkor Xillsborodagi villasini 32 million dollarga sotdi.

Bu villa Maskning so‘nggi ko‘chmas mulki bo‘lgan, qolgan uylarni avvalroq sotgan. Bungacha Mask barcha ko‘chmas mulklaridan xalos bo‘lishga va’da bergan edi, deb yozadi «Biznes Online».

Noyabr oyi boshida Mask tarixda 300 milliard dollardan ortiq daromad olgan birinchi shaxs bo‘ldi. Forbes ma’lumotlariga ko‘ra, Moskva vaqti bilan soat 20:45ga kelib Maskning boyligi 308,5 milliard dollarni, Bloomberg hisob-kitoblariga ko‘ra – 311 milliard dollarni tashkil qilgan. Milliarderning boyligi Tesla kotirovkalari o‘sishi ortidan ko‘paygan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Dunyoning eng boy odami rasman uysiz qoldi