13:48 / 21.09.2016
7 553

Rossiyadan O‘zbekistonga pul o‘tkazmalari hajmi pasaydi

Rossiyadan O‘zbekistonga pul o‘tkazmalari hajmi pasaydi

2016 yilning birinchi yarmida Rossiyadan O‘zbekistonga pul o‘tkazmalari hajmi kamaygan. Rossiya Markaziy banki ma’lumotlarida keltirilishicha, shu yilning yanvar oyidan iyul oyiga qadar O‘zbekistonga 952 mln dollar jo‘natilgan. Taqqoslash uchun o‘tgan yilda bu ko‘rsatkich - 1,149 mlrd dollarni tashkil etgandi.

Ma’lum bo‘lishicha, Rossiyadan Markaziy Osiyo davlatlariga pul o‘tkazmalari hajmi 2016 yilning ikkinchi choragida birinchi chorakdagiga nisbatan 563 mln dollar ko‘proq bo‘lib, 2,438 mlrd dollarga teng bo‘ldi.

Yilning birinchi choragida O‘zbekistonga 696 mln dollar yuborilgan - O‘zbekistondan Rossiyaga amalga oshirilgan bitta operasiyada o‘rtacha 273 dollar jo‘natilgan. Birinchi chorakda Tojikistonga 495 mln dollar (bitta operasiyada o‘rtacha - 99 dollar), Qirg‘izistonga 487 mln dollar (233 dollar), Qozog‘istonga 151 mln dollar (225 dollar), Turkmanistonga esa 3 mln dollar (392 dollar) yuborilgan.

Ushbu ma’lumotlar Anelik, BLIZKO, Coinstar Money Transfer, Contact, InterExpress, Migom, MoneyGram, PrivatMoney, UNIStream, Western Union, «AziyaEkspress», «ALLYuR», «Blis», «Bыstraya Pochta», «Zolotaya Korona», «Lider» va «Pochta Rossii» tizimlarini qamrab oladi.

Manba: Kun.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Iqtisodiyot » Rossiyadan O‘zbekistonga pul o‘tkazmalari hajmi pasaydi