13:17 / 06.10.2016
6 789

Twitter aksiyalari bahosi 9 foizga tushdi

Twitter aksiyalari bahosi 9 foizga tushdi

Nyu-York fond birjasida Twitter mikrobloglarining servis aksiyalari 9 foizga tushib, bir aksiya bahosi 22,58 dollarni tashkil qildi. Bu haqida "Gazeta.ru"ga asoslanib "Kun" nashri xabar berdi.

Salesforce, Microsoft va Verizon kompaniyalari Twitter xaridiga qiziqish bildirishgan. Bloomberg'ning qayd qilishicha, ijtimoiy tarmoqning bahosi 16,7 milliard dollarni tashkil etadi.

Bundan avval Reuters agentligi Twitter mikrobloglari servisi sotuviga doir muzokaralar 2016 yilning oktyabrida nihoyasiga etishi haqida xabar bergandi. Ijtimoiy tarmoq rahbariyati o‘zining salohiyatli xaridorlariga muzokaralarni 27 oktyabrga qadar tugallashi haqida ma’lum qilgan. Bu vaqtgacha kompaniya uchinchi chorak uchun hisobotini chop etadi.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Iqtisodiyot » Twitter aksiyalari bahosi 9 foizga tushdi