O‘zbekiston Markaziy banki 2016 yil 18 oktyabrdan boshlab valyuta operasiyalari bo‘yicha buxgalteriya hisobi, statistik va boshqa hisobotlarni yuritish, shuningdek, bojxona va boshqa majburiy to‘lovlari uchun xorijiy valyutalarning so‘mga nisbatan yangi qiymatlarini belgiladi, deyiladi "Daryo" nashri xabarida.
Unga ko‘ra, 1 AQSh dollari 3065 so‘m 35 tiyin etib belgilandi. Bu 11 oktyabrdagi kursga nisbatan 18 so‘m 50 tiyinga ko‘p.
2016 yil 18 oktyabrdan e’tiboran 1 evro qiymati 3397 so‘m 86 tiyin (11 oktyabrdagi kursga nisbatan 10 so‘m 41 tiyin arzon), 1 Xitoy yuani 455 so‘m 31 tiyin (11 oktyabrdagi kursga nisbatan 50 tiyin qimmat), 1 Rossiya rubli esa 48 so‘m 66 tiyin (11 oktyabrdagi kursga nisbatan 24 tiyin qimmat) etib belgilangan.
Eslatib o‘tamiz, valyuta qiymatini belgilash chog‘ida Markaziy bank mazkur valyutalarni ushbu qiymatda sotish yoki sotib olish majburiyatini olmagan. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Zelenskiyga ukrainaliklar haqida kutilmagan yangilik aytildi
Zohida Umarova nima sababdan o‘g‘li va kelini bilan birga yashamasligini aytdi
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
Futzal. Osiyo Kubogi. Tojikiston Yaponiyani guruhda qoldirdi
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Olimlar o‘quvchilarning familiyasidagi bosh harf ularning bahosiga ta’sir qilishini aniqladi
Akademik Qodir G‘ulomov Qo‘shrabotda bo‘ldi