23:41 / 12.11.2016
7 385

Alibaba bo‘ydoqlar kunida o‘tgan yilgi rekordini yangiladi

Alibaba bo‘ydoqlar kunida o‘tgan yilgi rekordini yangiladi

Alibaba bo‘ydoqlar kuni munosabati bilan o‘tkazilgan chegirmali savdolar kunida o‘tgan yildagi rekordini yangiladi. Kompaniyaning bu yilgi daromadi 2015 yilga nisbatan 32 foizga oshib, 120,7 mlrd yuan (17,73 mlrd dollar) ni tashkil qildi.

Kurerlik hamda qadoqlash kompaniyalar xaridlar soni ko‘p bo‘lishiga qaramay, kuchli raqobat hamda arzon narx sababli ularning daromadi yuqori bo‘lmagan. Tasdiqlanmagan ma’lumotlarga ko‘ra, bu yilgi buyurtmalarning o‘rtacha narxi 194 yuandan 184 yuan (27 dollar) ga tushib ketgan.

Ilk milliard dollar chegirmalar boshlanganidan so‘ng 5 daqiqa ichida topildi. Xaridlarning 82 foizi smartfonlar orqali amalga oshirilgan.

Bo‘ydoqlar kuni tovarlar sotuvi borasida avvalgidek “qora juma” hamda “kiberdushanba”ni ortda qoldirmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Iqtisodiyot » Alibaba bo‘ydoqlar kunida o‘tgan yilgi rekordini yangiladi