14:37 / 16.12.2016
6 815

Adobe 2016 yilda rekord darajada moliyaviy daromad ko‘rdi

Adobe 2016 yilda rekord darajada moliyaviy daromad ko‘rdi

Adobe kompaniyasi 2016 yil davomida erishgan moliyaviy ko‘rsatkichlarga oid hisobotni e’lon qildi. Adobe bilan bog‘liy yangiliklarni yoritadigan saytda berilgan xabarga ko‘ra, joriy yilning so‘nggi choragida kompaniya daromadi 1,61 mlrd dollarni tashkil qilgan. O‘tgan yilning shu davrida esa ushbu ko‘rsatkich 1,31 mlrd dollarga teng bo‘lgan. 2016 yil bo‘yicha umumiy daromad esa 5,85 mlrd dollarga etgan, deb yozmoqda Kun.uz sayti.

Operasion daromad ham so‘nggi chorak yakunlariga asosan sezilarli darajada yuqorilagan. Sof foyda esa 79 foizdan 86 foizga o‘sgan (1,17 mlrd dollar). Chorak davomida operasiyalardan kompaniya byudjetiga 696 mln pul mablag‘lari kelib tushgan. Kompaniya 3,2 mln dona aksiyalarni qayta sotib olib, aksionerlarga 331 mln dollar qaytarib bergan. Yil davomida esa kompaniya qayta sotib olgan aksiyalar soni 10,4 million donaga teng bo‘ldi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Iqtisodiyot » Adobe 2016 yilda rekord darajada moliyaviy daromad ko‘rdi