7 882
O‘zbekiston rossiyaliklarning Yangi yil dasturxoniga meva-sabzavotlar etkazib beradi
"Xolidey" kompaniyalari guruhiga kiruvchi "Port" kompaniyasi O‘zbekistondan xo‘l meva etkazib berish bo‘yicha shartnomani imzoladi, deb xabar qildi Sputnik agentligi.
Manbaning so‘zlariga ko‘ra, umumiy qiymati bir million dollarga teng meva-sabzavotlar dekabr oyi oxirida Rossiyaga jo‘natiladi va Yangi yil arafasida rossiyaliklar ulardan bahramand bo‘lishlari mumkin. 2017 yilda kompaniya O‘zbekistondan haftasiga 150 tonnadan meva va sabzavotlarni import qilishni rejalashtirmoqda.
Eslatib o‘tamiz, 2016 yil hisobida O‘zbekiston xorijga 700 tonna qishloq xo‘jalik mahsulotlarini eksport qilgan, yil oxiriga qadar bu ko‘rsatkich bir millionga etkazilishi nazarda tutilgan.
"Xolidey" kompaniyasi Sibirdagi eng yirik oziq-ovqat eksporti bilan shug‘ullanuvchi riteyllardan biridir. Kompaniya filiallari Sibir Federal okrugining ettita regionida joylashgan. Ushbu regionlarda esa gipermarket, supermarket singari turli formatlardagi 484ta do‘kon faoliyat yuritadi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
Sirdaryoda budjetga juda ko‘p miqdorda zarar yetkazgan mayning ferma aniqlandi
Buxoro viloyatida «Neksiya-3» avtomashinasi buklanib qoldi
Nega Tramp Zelenskiyni yomon ko‘radi?
Xotirani yaxshilashning juda oddiy usuli topildi
Davlat xavfsizlik xizmati maklerlarga qo‘shib mansabdorlarni ham qo‘lga oldi