2015 yilda Google kompaniyasi soliq xizmatlaridan 15,5 mlrd dollarni yashirishning uddasidan chiqqan, deb xabar qilmoqda Kun.uz sayti. Shu bilan kompaniya 3,6 mlrd dollar miqdorida soliq to‘lamagan. Kompaniyaning Irlandiyadagi bo‘limining dunyo bo‘ylab amaliyotlaridan ko‘radigan daromadi Google Netherlands Holdings orqali Irlandiyada ro‘yxatdan o‘tgan, Google Ireland Holdings kompaniyasining Bermuda orollaridagi bo‘limiga o‘tkazilgan. Bu orollardagi kompaniyalar daromad solig‘i to‘lamaydi.
Bunday tartib Amerika va Evropadagi soliqlarning sezilarli qismini to‘lamaslik imkonini beradi. Google kompaniyasining AQSh hududidan tashqaridagi soliqlari, yuqoridagi usuldan foydalanilganda 6 foizni tashkil etadi.
«Gollandiya sendvichli Irlandiya ikkiligi» — deb nomlangan bu usul ikkita Irlandiya va bitta Gollandiya kompaniyasining faoliyatini muvofiqlashtirish vositasida soliq miqdorini sun’iy ravishda kamaytirish imkonini beradi. 2015 yilda Irlandiya hukumati qonunchilikdagi ushbu usulga imkon beruvchi kamchilikni tuzatgan, ammo, bu usuldan foydalanayotgan kompaniyalarga 2020 yilgacha ruxsat bergan edi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
AQSH razvedkasi: Ukraina 2024 yil oxirigacha urushda yutqazishi mumkin
Qondagi shakar miqdorini tartibga soluvchi foydali meva nomi aytildi
Xotirani yaxshilashning juda oddiy usuli topildi
Sirdaryoda budjetga juda ko‘p miqdorda zarar yetkazgan mayning ferma aniqlandi