AQShda Apple kompaniyasi o‘tgan yil davomida o‘zining bosh direktori Tim Kukning mukofot pullari hajmini qisqartirdi, deb yozadi «Daryo» nashri. Korporativ hisobotlarga ko‘ra, korporasiya rahbarini firma tomonidan rejali ko‘rsatkichlar bajarilmagani uchun jazolashgan.
Apple ma’lumotlariga ko‘ra, kompaniya bir yilda 215,6 milliard dollarlik mahsulotlarni sotgan, bu rejalashtirilgan 223,6 milliard dollardan 3,7 foizga kam demakdir. Ishlab chiqarish daromadi esa 60 milliard dollarga teng bo‘ldi va 60,3 milliard dollarlik mo‘ljalga 0,5 foiz etmadi.
Natijada butun oliy rahbariyat tarkibining mukofot pullari hajmi rejalashtirilganidan 89,5 foizgacha qisqartirildi. Xususan, 2016 yil yakunlariga ko‘ra, Kuk 8,75 million dollar oldi, 2015 yilda — bonuslar to‘liq hajmda to‘langan vaqtda esa u 10,28 million dollar olgan edi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
Nega Tramp Zelenskiyni yomon ko‘radi?
Zelenskiy: Rossiya Ukrainaning issiqlik energetikasini deyarli to‘liq yakson qildi
Dunyodagi eng boy arab shayxining rafiqasi qanday ko‘rinishga ega?
Qozog‘istonlik milliarderlar suv toshqinidan zarar ko‘rgan hududlarga mablag‘ ajratdi
Tadbirkorlarga qo‘llanadigan moliyaviy jarima kamaytiriladi