00:07 / 21.04.2015
6 481

Morgan Stanley’ning 1-chorakdagi sof daromadi 59 foizga o‘sdi

Morgan Stanley’ning 1-chorakdagi sof daromadi 59 foizga o‘sdi

Joriy yilning 1-choragida Morgan Stanley bank guruhining sof daromadi 59 foizga o‘sdi hamda 2,39 mlrd dollarni tashkil qildi. Bunday o‘sishga aksiyalar va brokerlik komissiyalari bilan savdo operasiyalari sabab bo‘ldi. Bank, shuningdek, oxirgi 5 yil ichida rekord darajadagi to‘g‘rilangan tushumni oldi. Bu haqda Morgan Stanley hisobotida xabar berilmoqda, deb yozadi Kun.uz.

Morgan Stanley ning 1-chorakdagi tushumi 10,3 foizga, ya’ni 9,91 mlrd dollargacha ko‘paydi.

Aksiyalar bilan savdo operasiyalaridan olingan to‘g‘rilangan tushum 33 foizga o‘sib, 2,27 mlrd dollarni tashkil etdi. Morgan Stanley ning badavlat mijozlarning aktivlarini boshqarishdan olgan daromadi 6,2 foizga o‘sib, 3,83 mlrd dollarnni tashkil etdi.

2014 yilda bank kapitalizasiyasi 24 foizga o‘sib, 2015 yilning boshida 5,3 foizga qisqardi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Iqtisodiyot » Morgan Stanley’ning 1-chorakdagi sof daromadi 59 foizga o‘sdi