16:55 / 20.10.2017
10 735

Oilaviy janjallar erkakni qanday kasalliklarga duchor qiladi?

Oilaviy janjallar erkakni qanday kasalliklarga duchor qiladi?
Bristol va Glazgo universiteti olimlari oilaviy janjallar erkakni o‘limga olib borishi mumkinligini aytishmoqda, deb yozadi «Mazmun.uz» sayti.

Shu ikki universitet mutaxassislari oilali erkaklar hayotiga bag‘ishlangan alohida izlanishga qo‘l urib, nihoyat bir to‘xtamga kelishdi. Ma’lum bo‘ldiki, erkak kishiga xotini bilan ajrashish ziyon yetkazmasligi mumkin, ammo kundalik janjallar uni oxir-oqibat o‘limga yetaklashi muqarrar ekan. Aniqroq aytadigan bo‘lsak, oilaviy janjallar tufayli birinchi o‘rinda erkakning yurak-qon tomirlari jiddiy ziyon ko‘rarkan.

Izlanishlar 1991 yili boshlangan edi. Tadqiqotlarda shu kunga qadar taxminan 700 nafar oilali erkaklar ishtirok etdi. Haqiqatan ular oiladagi baqir-chaqirlar, janjallar natijasida qon bosimi oshishi, qon tarkibidagi xolesterin miqdori ko‘payishi, ortiqcha vaznga ega bo‘lish kabilarga yo‘liqishgani aniqlandi.

— Agar er-xotinning fe’li bir-biriga qarama-qarshi bo‘lsa, — deydi olimlardan biri, — ular hech qachon ahillikda yashay olishmaydi. Bu erkak kishini to‘ppa-to‘g‘ri og‘ir xastalik sari yetaklaydi. Lekin bu muammoning ham yechimi yo‘q emas. Janjallarning oxiri ko‘rinmayotganini er va xotin sezdimi, darrov ajrashish masalasini ko‘ndalang qo‘ymay, o‘zaro kelishgan holda psixolog qabuliga qatnashlari kerak.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Oilaviy janjallar erkakni qanday kasalliklarga duchor qiladi?