11:20 / 22.10.2017
7 708

Beminnat ko’makchi: Kompyuterni tozalash qoidalari

Beminnat ko’makchi: Kompyuterni tozalash qoidalari

Bugungi kunda deyarli har bir xonadonda kompyuter bor desak xato bo’lmaydi. Uning ko’p yillar davomida xizmat qilishi esa tom ma’noda tozalash ishlariga ham bevosita bog’liqdir.

1.Har qanday zamonaviy kompyuter monitorida shu’lalarga qarshi maxsus qoplama o’rnatilgan bo’lib, uni spirtli vositalar bilan tozalash ekran yuzasida turli yoriqlarning paydo bo’lishiga olib keladi. Bu borada maxsus do’konlarda sotiladigan, kompyuter uchun mo’ljallangan vosita harid qilish eng maqbul yo’l hisoblanadi.

2.Monitorni tozalash uchun uy sharoitida maxsus usullar ham bor. Buning uchun monitorni avval sovunli suvga botirilgan, so’ng quruq va toza lattada artib olish mumkin. Bu maqsadda bolalar sovunidan foydalangan yaxshiroq.

3.Qog’oz salfetkani namlab, ekranni artganingizdan keyin (qattiq bosib artish yaramaydi) ustidan quruq salfetkada ham tozalab oling.

4.Monitor yuzasida ketishi qiyin bo’lgan dog’lar paydo bo’lmasligi uchun unga barmoq bilan teginmang.

5.Kompyuterni salqin, isitish tizimlaridan uzoqroq va quyosh nuri to’g’ridan-to’g’ri tushmaydigan yerga joylashtirgan ma’qul. Haddan ortiq issiq harorat monitor hamda kompyuterning ichki qismlariga zarar yetkazishi mumkin.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Beminnat ko’makchi: Kompyuterni tozalash qoidalari