21:56 / 09.11.2017
12 240

Munajjimlar bashorati: 10 noyabr kuni yulduzlar sizga nimalarni va’da qilmoqda?

Munajjimlar bashorati: 10 noyabr kuni yulduzlar sizga nimalarni va’da qilmoqda?
QO‘Y (21. 03 — 20. 04)
Bugun ertalabdan professional kasbingiz bilan bog‘liq ishingizga shu qadar berilib ketasizki, juftingizni unutib qo‘yasiz. Shuning orqasidan orangizda kelishmovchiliklar, xafagarchiliklar yuzaga kelishi hech gap emas. Kunning ikkinchi yarmida xizmat safariga otlanishingiz mumkin. Bu safar sizga omad va moliyaviy manfaat olib keladi. Kechqurun esa ko‘ngilsiz xabar yetkazishlari mumkin. Bardam bo‘ling. Salomatlikni asrang.

BUZOQ (21. 04 — 21. 05)
10 noyabr siz uchun ma’naviy jihatdan og‘ir kechishi mumkin. Ishlab charchaysiz, shuning uchun rahbarlardan ikki-uch kunga dam berishini so‘raysiz. Javob esa yo‘q. Sukunat hukm suradi. Ayollar, qizlar uchun bugungi kun tashqi ko‘rinishiga oro berishda omadli kechadi. Oro berish bilan yana turli uqalash muolajalarini ham qabul qilsangiz, foydadan xoli bo‘lmaydi. Kechqurun toza havo sayrini unutmang. Bugun tunda ko‘radigan tushingiz o‘ngidan kelishi kutiladi.

EGIZAKLAR (22. 05 — 21. 06)
Erta tongdan sizga qaraganning havasi kela boshlaydi. Tashqi ko‘rinishingiz, kayfiyatingiz a’lo darajada bo‘ladi. Ishlaringiz ham baroridan kela boshlaydi. Kunduzi xizmat safariga borib kelishingiz mumkin. Bu safar sizga ham ma’naviy, ham moddiy manfaat keltiradi. Kechqurun plastik kartochkangizga pul kelib tushish ehtimoli bor. Lekin pullaringizni bo‘lar-bo‘lmasga sarflashdan tiyiling.

QISQIChBAQA (22. 06 — 23. 07)
10 noyabr kunning birinchi yarmida oila qurmaganlar ishqiy sarguzashtlarni boshdan kechirishlari mumkin. Ammo oilalilar aksincha ter to‘kishlari, ro‘zg‘orni tebratish uchun yelib-yugurishlariga to‘g‘ri keladi. Shu orada juftingiz bilan adi-badi aytishib qolishingiz xavfi ham yo‘q emas. Agar tabiatan mag‘rur bo‘lsangiz, pastroq tushing. Ayol qarshisida podsholar ham bosh egishlarini unutmang. Janjalni yaxshilikchasiga, tinchlik-xotirjamlikda barham toptirishga harakat qiling.

ARSLON (24. 07 — 23. 08)
10 noyabr kuni har jabhada omadingiz chopadi. Kuningiz, ishlaringiz unumli kechadi. Hatto, bugunning o‘zida astoydil kirishsangiz, bir oylik ishni do‘ndirishga ham ulgurasiz. Salomatlikni mustahkamlash niyatida boshlangan muolajalar ham muvaffaqiyatli kechadi. Asosiysi, yuragingizda shubha uyg‘onmagan holda ish boshlang va harakatlar sodir eting. Kechqurun do‘stlaringiz bilan birga vaqt o‘tkazishingiz kutilmoqda. Salomatligingizni ehtiyot qiling.

PARIZOD (24. 08 — 23. 09)
Bugun atrofdagilar bilan samimiy munosabat yuritishga harakat qiling. Ayniqsa, hamkasblar bilan muloqotda ehtiyot bo‘ling. Arzimas gap ham oradagi munosabatlarni buzib qo‘yishi hech gap emas. Mehnat ta’tiliga chiqishni mo‘ljallagan bo‘lsangiz, bu harakat ham omadli kechadi. Iloj topsangiz, olisga, g‘am-tashvishlardan uzoqroqqa ketib dam oling. Bugun pul masalasida muammolarga duch kelmaysiz. Surunkali xastalikka yo‘liqqanlar atmosferada boshlangan magnit bo‘ronlari ta’siridan saqlanishlari tavsiya etiladi.

TAROZI (24. 09 — 23. 10)
10 noyabr siz uchun ancha og‘ir kechishi kutilmoqda. Yaqin o‘tmishda yo‘l qo‘ygan xatolar uchun aynan bugun tovon to‘lashingizga to‘g‘ri keladi shekilli. Lekin hayotga optimist nazari bilan boqib, xudodan astoydil so‘rasangiz, kunni deyarli o‘z foydangizga hal etishingiz ham ehtimoldan xoli emas. Yaratgan astoydil tavba qilganlarni noumid qo‘ymaydi. Tijoratchi bo‘lsangiz, kechqurunga borib katta miqdorda pul qo‘lingizga tushishi mumkin. Salomatlik masalasida muammoga duch kelmaysiz. Lekin profilaktikaga baribir e’tibor qaratishingiz shart.

ChAYoN (24. 10 — 22. 11)
Bugun asosan shaxsiy hayotingizga alohida e’tibor qarating. Oilaviy janjallar davom etmasligini istasangiz, tinchlik o‘rnatishning yo‘llarini qidirib toping. Kerak bo‘lsa, juftingizga yon bering. Murosai madora qiling. Kun davomida oilangizning bir oylik byudjetini qayta ko‘rib chiqing. Tushdan keyin yoshi ulug‘, xasta qarindoshlar holidan xabar olib ko‘ngil so‘rang, savobi albatta tegadi. G‘iybatchilardan ehtiyot bo‘ling. Ular bo‘lar-bo‘lmas mish-mishlar to‘qib jamiyatdagi obro‘yingizga putur yetkazish ilinjida yurishibdi.

O‘QOTAR (23. 11 — 21. 12)
10 noyabr kuni boshlagan ishlaringiz o‘ngidan keladi inshoolloh. Odamlar bilan munosabatlarda muammo ko‘zga tashlanmaydi. Ba’zilar tashqarida qarama-qarshi jins vakil yo vakilalari bilan ishqiy sarguzashtlarga berilish ishtiyoqida bo‘lishi mumkin. Bu ishingiz oqibati yaxshi bo‘lmaydi. Bu yo‘ldan qayting. Kunning ikkinchi yarmida moddiy ahvolingizni yaxshilash harakatida bo‘ling. Muammoni sizga o‘zingizdan bo‘lak hech kim ijobiy hal etib bermaydi.

TOG‘ EChKISI (22. 12 — 20. 01)
Yulduzlar bayramlarga deb saqlab qo‘ygan pulingizni behuda sarf qilmaslikka chaqirishadi. Agar shunday bo‘lib chiqsa, moddiy jihatdan qiynalib qolishingiz tayin. Ishxonangizda ham o‘z o‘rningizni mustahkamlash harakatida bo‘ling. Mavqeingiz ortishi aynan shu narsaga bog‘liq. Oila qurmaganlar kechqurun romantik uchrashuvni boshdan kechirishlari kutilmoqda. Faqat me’yorni biling.

QOVG‘A (21. 01 — 19. 02)
10 noyabrda kayfiyatingiz tushib, negadir ishchanlik sizni tark eta boshlagandek tuyuladi. Biroq shunday bir qo‘ng‘iroq bo‘ladiki, siz bir necha o‘n soniya ichida o‘zgarib, ilgarigi ishchanlik holatingizga qaytasiz. Shaxsiy hayotda tanaffuslar qilish uchun hali fursat yetmadi. Amalga oshishi umuman mumkin bo‘lmagan ishlarga qo‘l urmang. Kechqurun maktabdosh do‘stlardan birini uchratib, qiziqarli suhbat qurishingiz kutiladi. Moliyaviy ahvolingizdan xavotir olmasangiz ham bo‘ladi. U a’lo darajada.

BALIQ (20. 02 — 20. 03)
10 noyabr sizning kuningiz. Qaysi sohada ishlamang, baribir omad siz tarafda bo‘ladi. Kun bo‘yi pulning o‘zi sizni qidirib yuradi. Sog‘ingan do‘stlar, qarindoshlarni uchratib kayfiyatingiz yanada a’lo bo‘ladi. Agar salomatligingizni tiklash niyatida bo‘lsangiz, sportzalga borib sportning yengil turlari bilan shug‘ullaning.

Manba: Hordiq.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Munajjimlar bashorati: 10 noyabr kuni yulduzlar sizga nimalarni va’da qilmoqda?