22:10 / 07.12.2017
18 981

Kosmetologlar super yoshartiruvchi niqob retseptini oshkor etishdi

Kosmetologlar super yoshartiruvchi niqob retseptini oshkor etishdi
Amerika kosmetologlari yuz terisini maksimal darajada oziqlantirib, sog’lom ko’rinishga keltiruvchi niqoblar retseptini oshkor etdilar.

Xabarda aytilishicha, E vitamini yog’ erituvchi va oziqlantiruvchi modda hisoblanadi. Aynan ushbu vitamin quruq hamda zararlangan teri uchun mos bo’lib, yo’qotilgan namlikni tiklaydi, teri so’lg’inligini yo’qotadi, ajinlarni ketkazib, teri osilishini bartaraf etadi. Shuningdek E vitamini teri cho’ziluvchanligi uchun javob beruvchi kollagen va oqsil ishlab chiqarilishini rag’batlantiradi.

Bilasizki, sabzi va avokado tarkibida ko’p miqdorda E vitamini mavjud. Shu sababli kosmetologlar ham yuz parvarishida aynan ushbu mahsulotlardan foylanashini maslahat bermoqdalar.

Kosmetologlar teridagi muammolarni bartaraf etishga ushbu niqoblardan foydalanishni tavsiya qilganlar.

1.Qirg’ichlangan sabzi va ezilgan avokado aralashtirilib, bitta E vitamini kapsulasi qo’shiladi. Niqob yuz terisiga surtilgach, 20 daqiqadan so’ng yuvib tashlanadi.

2.2 dona banan pyuresi va 2 ta E vitamini kapsulasi o’zaro aralashtirigach, yuz terisiga 20 daqiqaga surtib qo’yiladi va belgilangan vaqt o’tgach, yuvib tashlanadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Kosmetologlar super yoshartiruvchi niqob retseptini oshkor etishdi