22:33 / 10.12.2017
11 119

Munajjimlar bashorati: 11 dekabr kuni yulduzlar sizga nimalarni va’da qilmoqda?

Munajjimlar bashorati: 11 dekabr kuni yulduzlar sizga nimalarni va’da qilmoqda?
QO‘Y (21. 03 — 20. 04)
Kuningiz juda omadli kechishi kutilmoqda. Baxt va omad qushining o‘zi yelkangizga qo‘nishi ehtimoldan xoli emas. Asosiysi, hech bir jabhada tavakkal qilmang. Tavakkalchilik bugun sizga yaxshilik keltirmaydi. Mayda-chuyda muammolarga alohida e’tibor qarating. Moddiy ahvolingiz xuddi o‘sha kichik muammolarni bartaraf etganingizdan keyin yaxshilanadi. Tijorat bilan band bo‘lsangiz ham baribir sergak bo‘lishingiz kerak. Qanaqadir katta ishlarga pul tikish zarurati tug‘ilsa, shoshilmang.

BUZOQ (21. 04 — 21. 05)
11 dekabrda do‘stlar va hamkasblarning ishonchini qozonish niyatingiz bo‘lsa, kun davomida shirin so‘zlashdan va jilmayishdan tiyilmang. Kuningiz yorqin hodisalarga boy bo‘ladi. Ulardan o‘z manfaatingiz yo‘lida foydalanishga harakat qiling. Martabani oshirish masalasini keyinga surib turishingizga to‘g‘ri keladi. Kechqurun xudo sizga yana ancha-muncha pul hadya etishi kutiladi. Bu pullarni yangi yil bayrami uchun asrab qo‘yganingiz ma’qulroq bo‘ladi.

EGIZAKLAR (22. 05 — 21. 06)
Shon-shuhratga umuman ishonmaydiganlar bo‘lsa, bugun sizning yoningizga kelib o‘z ko‘zi bilan ko‘rsin. Shon-shuhrat afsona emasligiga amin bo‘lsin. Shaxsiy hayotingizda tanaffuslar kutiladi. Oila qurmaganlar bugun muhabbat izhorlari qurshovida qolishi mumkin. Tanlov imkoniyatlaringiz juda keng, shunday ekan, shoshilishga hojat yo‘q. Aldanib qolishni istamasangiz, faqat qalbingizga quloq tuting.

QISQIChBAQA (22. 06 — 23. 07)
11 dekabr kuni siz barchaga kerakli odam qiyofasiga kirasiz. Yordam so‘raydiganlarning sanog‘i bo‘lmaydi. Biroq ular ko‘pchilik, siz esa yolg‘iz. Ishxonangizda muammo ko‘zga tashlanmaydi. Kun bo‘yi qalbingizda xotirjamlik hukm surishi kutiladi. Kechqurun oila qurmaganlarning ayrimlari romantik tanishuvni boshdan kechirishi mumkin. Toza havoda sayr qilishni unutmang. Ovqatlanish me’yorlariga e’tibor qarating.

ARSLON (24. 07 — 23. 08)
Agar ertalabdanoq sergaklikni o‘zingizga shior qilib olmasangiz, illyuziya, xayolparastlik changaliga tushib qolishingiz hech gap emas. Agar aniq maqsadlaringiz bo‘lsa, hech qanaqangi to‘siqlarga e’tibor qaratib o‘tirmay, olg‘a bosing. Kun davomida moliyaviy muammolarga ham duch kelasiz. Lekin ularni yolg‘iz o‘zingiz mustaqil hal eta olmaysiz. Badavlat tanishlarni yordamga chaqiring. Kechqurun safarga chiqish zarur bo‘lsa, bu safarni boshqa kunga qoldiring.

PARIZOD (24. 08 — 23. 09)
11 dekabrda dangasalik va illyuziyani nari haydamasangiz, niyatlaringiz amalga oshishi dargumon bo‘lib qoladi. Shaxsiy hayotingizda tub burilishlar yuzaga kelishi mumkin. Moliyaviy ahvolingiz esa siz o‘ylagandan ham tezroq yaxshilanadi. Qolaversa, siz bu masalada qanday ish tutishni yaxshi bilasiz. Kechqurun xonadoningizda yangi mehmon dunyoga kelish ehtimoli bor. Surunkali xastalikka yo‘lqqan bo‘lsangiz, kun mobaynida dorilaringizni o‘zingiz bilan olib yurishni unutmang.

TAROZI (24. 09 — 23. 10)
To‘siqlar, ikkilanishlar, tushkunliklarni yengib o‘tish uchun hushyorlikni oshirib, shahd tezligini oshirgan holda harakatlar sodir eting. Kunning ikkinchi yarmida qo‘shimcha daromadli ish topishingiz kutiladi. Bundan tashqari, moddiy ahvolingiz ham parallel tarzda yaxshilanadi. Basharti yaxshi niyatlarga yetish yo‘lida muammo tug‘ilsa, ularni yurakka yaqin olmang. Kechqurun yolg‘iz qoling. Dam oling. Kelajak rejalarni puxtalang. Omadingizni bersin!

ChAYoN (24. 10 — 22. 11)
11 dekabrda mustaqillikda ko‘z ko‘rib quloq eshitmagan darajada kuchli ekaningizni o‘zingiz ham aniq ilg‘ay olasiz. Shuning uchun muammolarni bartaraf etishda birovlarni yordamga chaqirib o‘tirmang. Xususiy mulk masalasida muammolar duch kelishi mumkin. Pul topishda to‘siqlar ko‘zga tashlanishi muqarrar. Barchasini vujudingizda yashirin qo‘shimcha iroda kuchi ko‘magida ijobiy hal eta olasiz inshoolloh. Bugun tejamkorlikni birinchi o‘ringa qo‘ying-da, yangi yil bayrami uchun pul jamg‘arishni boshlang, afsuslanmaysiz.

O‘QOTAR (23. 11 — 21. 12)
Professional kasbingiz bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirishda eski tanishlarni yordamga chaqiring. Ijod kishilari bugun iste’dodning yangi cho‘qqilarini zabt etishadi. Buning natijasida ajoyib asarlar yuzaga kelishi aniq. Ammo salomatlikka ehtiyot bo‘ling. Surunkali yurak xastaliklariga duch kelganlar salomatligini kun bo‘yi kuchli nazoratda ushlashlari kerak. Kechqurun toza havoda sayr qilish ham yurakka juda katta foyda beradi.

TOG‘ EChKISI (22. 12 — 20. 01)
11 dekabr kuni olamshumul rejalaringiz xamirdan qil sug‘urgandek yengil amalga oshadi. Bu holatingizni ko‘rgan hamkasblar ham hayratdan yoqa ushlaydi. Ba’zilari hasad qila boshlashi ham ehtimolga yaqin. Siz bo‘lsa, sukutda bo‘ling. Ko‘ngli qoralarni go‘yo payqamagan kabi ishlashda, muvaffaqiyatlardan rohatlanishda davom eting. Oila qurmaganlar yaqin o‘tmishda jigaridan urgan insonni unutib bugungi kun bilan yashay boshlashlari shart. Busiz baxt topishingiz mushkul bo‘lib qoladi.

QOVG‘A (21. 01 — 19. 02)
Anchadan beri uy-joy, xususiy mulk yoki meros masalasida qarindoshlar bilan orangizda kelishmovchiliklar mavjud bo‘lsa, bugun nuqta qo‘ying. Qaysidir yo‘l bilan kelishuvga erishishga harakat qiling. Moddiy ahvolingiz me’yorida bo‘ladi. Tadbirkor bo‘lsangiz, hamkorlar bilan ehtiyotkorona muloqot qiling. Ayniqsa, yaqindagina birga ishlashni boshlaganlar uchun ehtiyotkorlik hech qachon ziyon qilmaydi. Muhabbatda esa sizni har qadamda sinovlar, xavfli lahzalar kutib qoladi. Ehtiyot bo‘ling.

BALIQ (20. 02 — 20. 03)
11 dekabrda salomatligingizda jiddiy muammolar yuzaga kelishi kutilmoqda. Bu sevimli insoningiz bilan bo‘lib o‘tgan janjallar, xafagarchiliklar hosilasi bo‘lsa kerak. Asabni dam oldiradigan mashqlarga yaqinroq yondashing. Yoki vrach ko‘rigiga borib muolajalar oling. Asab kelgusida o‘ta xavfli xastaliklarga sabab bo‘lishi mumkin. Kechqurun uxlashga yotishdan oldin toza havoda sayr qiling.

Manba: Hordiq.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Munajjimlar bashorati: 11 dekabr kuni yulduzlar sizga nimalarni va’da qilmoqda?