09:40 / 12.12.2017
10 818

Haqiqiy hangomaning bundan battari bo‘lmaydi

Haqiqiy hangomaning bundan battari bo‘lmaydi
Kotiba dugonasiga shikoyat qilyapti:
— Boshlig‘imiz meni bo‘g‘ib o‘ldirmoqchi shekilli.
— Bu gapni qayerdan olding?
— Ishga kech qolgan kunlarim nuqul xodimlardan «Bizning Dezdemona qani?» deb so‘rarmish.
* * *
Dorixona rahbari amaliyot o‘tayotgan shogirdiga dedi:
— Agar mijoz olib kelgan retseptni o‘qishga qiynalsang, manavi shishadagi doridan bergin!
* * *
150 ga kirgan tog‘lik qariyadan so‘rashdi:
— Uzoq umr ko‘rgan odam uchun eng yoqimsiz holat nima?
Qariya o‘ylab turdi-da, javob qildi:
— Chevaralaringning qanday qarishini kuzatish.
* * *
Ko‘p gapirib hammani bezor qiladigan besh yashar bolakay otasidan so‘radi:
— Dada, meni laylak olib kelganmi?
— Yo‘q, seni qarg‘a qo‘lidan tushirib yuborgan.
* * *
Er qovog‘ini uygancha xotiniga dedi:
— Mana shu… Bahorni ko‘rishga ko‘zim yo‘q.
— Voy, nega?
— Chunki sen bilan tanishganman.
* * *
Er qorong‘i uy ichiga chopib kirdi-da, xotinidan bo‘sa oldi. Xotini ham unga javoban bo‘ynidan mahkam quchdi. Shundan so‘ng er so‘radi:
— Xo‘sh, mo‘ylovimni oldirganim senga yoqdimi?
Xotin:
— Voy sho‘rim, sizmidingiz?
* * *
Erkak tanishiga dedi:
— Biz xotinim bilan maktabdalik paytlarimizda tanishganmiz… U farrosh, men qorovul bo‘lib ishlardim.
* * *
Starshina rotaga dedi:
— Saflan! To‘g‘rilan!
Shu payt saf orasidan kimdir luqma tashladi:
— O‘rtoq starshina, yer yumaloq-ku!
— Bu gapni kim aytdi?
— Galiley.
— Galiley, safdan chiq!
— U allaqachon o‘lib ketgan.
— Serjant, nega askarlaringiz o‘ladi-yu, menga xabar bermaysiz?
* * *
General kazarmaga kirib qarasa, polda sigaret qoldiqlari sochilib yotibdi. U askardan so‘radi:
— Bu sigaret qoldiqlari kimniki?
— O‘rtoq general, hech kimniki emas. Bemalol olib chekavering!
* * *
Ofisda.
— Vey, uyg‘onsang-chi, tushlik bo‘ldi!
— Mensiz boraveringlar! Bugun tushliksiz ishlashga qaror qilganman.
* * *
Erkak do‘stiga dedi:
— Xotinim suvarakka o‘xshaydi.
— Nega?
— Menga ozaman deb va’da bergandi. Endi faqat kechasi men uxlaganimdan keyin ovqatlanadigan bo‘libdi. To‘satdan chiroqni yoqsam, jonholatda muzlatkichning orqasiga berkinib oladi.

Manba: Hordiq.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Haqiqiy hangomaning bundan battari bo‘lmaydi