12:01 / 17.12.2017
6 305

Boy bo’lish va maqsadga erishishingizga sizga nima halaqit beradi

Бой бўлиш ва мақсадга эришишингизга сизга нима ҳалақит беради
Sizning xatoingiz nimada?

Deyarli har birimiz, bir vaqtlar ma’lum bir narsani xarid qilish uchun do‘konlar bo‘ylab qidirganmiz. Biroq, oxir-oqibat, butunlay boshqa narsa sotib olganmiz. Bunday shoshilinch xaridlar vaqtinchalik quvonch keltiradi va umuman zararsizdek tuyiladi. Lekin, aynan ular hamyoningizga sezilarli zarar yetkazishadi.

Attentional Trade-offs under Resource Scarcity, Pretsent-Bias, Quasi-Hyperbolic Discounting, and Fixed Costs tadqiqotlari biz qaror qilayotgan vaqtda yagona to‘g’ri variant deb hisoblab, ko‘pincha uzoqni ko‘rmay qaror qabul qilishga moyil ekanimizni tasdiqlaydi. Aytaylik, ayrimlar qisqa muddatli ta’tillarga katta miqdorda pul sarflab, lekin shu bilan keksalikka pul jamg’armaydilar. Iqtisodchilar bunday holatni vaqtinchalik hisoblash, vaqt afzalligi deb atashadi.

Biroq, yaxshi xabar ham bor. “So‘nngi yuz ming yil davomida miya faoliyatida prefrontal korteks tufayli inson kelajakdagi voqealarni namunali o‘rganishga kirishdi”- deb neyrobiolog Moran Serf tasdiqlaydi,– shu sababli ham, insonlar keying hayot haqida hatto u yo‘q bo‘lsa ham fikr yuritishadi.”

Bu shunchaki o‘zingizning yolg’on xulosalaringizni tushunib olishingiz va ulardan xalos bo‘lishingiz lozimligini anglatadi.

Kelajakda uzoqni ko‘rmay qabul qilinadigan qarorlardan qanday qutilish mumkin?

Agar, o‘zingizning biznesingizni qurmoqchi bo‘lsangiz, aniq maqsadga erishish yoki odatiy turmush tarzini yaxshilash uchun, uzoqni ko‘rib fikrlashni rivojlantiring.

1. O‘z sevimli mashg’ulotlaringizni istaklaringizdan ustun qo‘ying.

Moliyaviy mutaxassis Tiffani Aliche kutilmagan harakatlardan qutilishning aql bovar qilmaydigan darajada oson, lekin juda samarali usulini o‘ylab topdi. U o‘zingizga ikkita savol berishni maslahat beradi:

Haqiqatan xam bunga ehtiyojim bormi?

Men buni yaxshi ko‘ramanmi?


Agar siz salbiy javob bersangiz, xarid sizning vaqtinchalik orzularingiz toifasiga kiradi va siz chindan yoqtirgan narsadan mahrum qilishi mumkin. Chunki, siz keraksiz narsaga pul sarflasangiz, sizga haqiqiy quvonch va naf keltiruvchi buyumni sotib olishga imkon bo‘lmaydi.

Masalan, siz sayohat haqida soatlab orzular qilsangiz, qimmat kiyimga yoki restoranlarda yurishga pulingizni isrof qilmang. Uzoq kutilgan safarning rejalashtirilishi sizni ortiqcha xarajat ketqazishdan himoyalaydi.

2. Yodda tuting: hozir siz qancha kam sarflasangiz, kelajakda shuncha ko‘p pulingiz bo‘ladi

Empirical evidence on quasi-hyperbolic discounting tadqiqoti ishtirokchilariga faqatgina meva yoki shokolad tarkibli bir haftalik menyu tanlashni taklif etishdi, mavjud qatnashchilarning 74%i sog’lom oziq-ovqatni, ya’ni mevalarni afzal bilishdi. Lekin, ulardan aynan hozir nima iste’mol qilish istagida ekanliklarini so‘rashganda, 70% shokolad javobini berishdi.

Mukofot qanchalik uzoqqa yetsa, bizning tanlovimiz xam o‘rinli bo‘ladi. Moran Serf fikricha, odamlarga hozir shokoladning bir bo‘lagi yoki keyingi hafta ikkitasi taqdim etilsa, ko‘pchilik birinchi variantni tanlaydi. Ammo bir yoki ikki yil o‘tib shokolad bo‘laklarini taklif etsangiz, ular ko‘p vaqt bo‘lsada kutishni afzal ko‘rishadi.

Miyangiz sizni qanchalik chalg’itishi haqida bilishingiz, to‘g’ri va kerakli narsani tanlashda yordam beradi.

Agar arosatda bo‘lsangiz, qaror qabul qilishga shoshilmang. Bir necha kun yoki haftalar kuting, shunda qaroringiz yanada muqobillashadi


3. O‘zingiz buzmaydigan va’da bering

Agar siz vasvasaga dosh bera olmasangiz, Gomerning mashhur she’riy qahramoni misolidan o‘rnak oling. Sirenalarning chaqiriqlariga taslim bo‘maslik va o‘limdan qochish uchun, Odissey jamoaga uni mahkam bog’lashlarini va har qanday holatlarda uni ozod qilmasliklarini buyurdi.

Bu yondashuv chekishni tashlash va sog’lom ovqatlanishga o‘tishga rioya qiluvchilarga ham birdek foydali bo‘la oladi. Ishtirokchilarning ikki guruhi sog’lom ovqat iste’mol qilishga va’da berishdi. Birinchi guruh, va’da buzilgan holda – ish joyida qo‘shimcha maoshdan bosh tortishga rozilik bildirishdi. Ikkinchilari – bu taklifni rad etib, shunchaki vijdonli ravishda diyeta saqlashga qaror qilishdi.

Bu kabi shartnomalar chindan xam foydali axloqni rivoshlantirishda hamda pulni behudaga sarflashdan to‘xtatishda sizga naf keltira oladi. Masalan, Sport zali uchun obuna bo‘lsangiz, darslarni o‘tkazib yubora olamysiz, chunki sarflagan pulingizga achinasiz.

4. Sizni qo‘llab-quvvatlaydigan odamni toping

Agar Odissey radikal usulini yoqtirmasangiz, huddi shu maqsadga erishishga harakat qiladigan do‘stingiz jalb qiling. Bir-biringizni qo‘llab-quvvatlab, qiyinchiliklarni va muammolarni birgalikda yengib chiqishingiz mumkin. Yoki sizga maslahat bera oladigan vakolatli rahbarni toping.

O‘zingiz hal qila oladigan qarorni qabul qilib, muammoingizni yechishga urinib, yangi imkoniyatlarni yaratishingiz mumkin. Natijada, bu sizni noto‘g’ri tanlov qilishga olib kelishi mumkin. Bunday holatda, vaziyatga boshqa shaxsning nuqtai nazari qarama-qarshilik qilmaydi.

5. O‘zingizga moliyaviy xavfsizlik yostig’ini yaratish

Aytaylik, o‘z uyingizni orzu qilasiz. Uzoq muddatda bo‘lsa xam bu albatta, foydali sarmoya. Agar sizning daromadingiz buni amalda olishga imkon bermasa, unda bu qarorni diqqat bilan qayta ko‘rib chiqing. Ehtimol, sotib olishni kechiktirishingiz mumkindir.

Axir, ba’zilar qo‘shimcha xarajatlar, masalan, ta’mirlash va boshqa uy-ro‘zg’or ehtiyojlarini hisobga olmaydi. Shuning uchun, qarzni bir necha o‘n yillar uchun olishdan oldin, yomg’irli kun uchun zahira jamg’armasini yarating.

Manba: LikeIt.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Boy bo’lish va maqsadga erishishingizga sizga nima halaqit beradi