09:13 / 26.01.2018
6 847

Hangomaning bundan battari bo‘lmaydi…

Hangomaning bundan battari bo‘lmaydi…
Er xotiniga baqirdi:
— Tamom, sen bilan ajrashaman! Menga xiyonat qilding!

— Nega menga baqirasiz? Sizga xiyonat qilmadim! Kecha e’tiboringiz uchun dugonam Adalatnikida tunaganman, tuzukmi!?.
— Yolg‘on gapirma, ojiza! Adalatnikida kecha men tunadim, seni u yerda ko‘rganim yo‘q!
* * *
Yigit do‘stiga dedi:
— Keyingi paytlarda kunduz kunlari dahshatli darajada bo‘shashadigan bo‘ldim. Nuqul uyqum kelaveradi. Tunda esa birdan teskarisi. Rosmanasiga to‘laqonli, haqiqiy erkakning umrini kechirayotganday bo‘laman.

— Tunda nima ish qilasan o‘zi?
— Uxlayman.
* * *
Juhud yaqin do‘stiga dedi:
— Fima, iltimos, sendan qarz olganimni xotinimga aytib qo‘ymagin!

— Aytmayman. Lekin menam sendan bir narsani iltimos qilmoqchiydim.
— Nimani?

— Senga qarz berganimni xotinimga aytib qo‘ymagin!
* * *
Erkak do‘stlardan biriga dedi:
— Eshmat, sinfdoshimiz Toshmat puldan qiynalib qolgan ko‘rinadi.

— Yo‘g‘-e, nega? Qayerdan olding bu gapni?
— Kecha birrov ko‘rib o‘tay deb uyiga kiruvdim. Ishonasanmi, ikki qizi yonma-yon o‘tirvolib bitta pianinoni chalyapti!
* * *
Besh yoshli bolakay o‘tirib-o‘tirib, kutilmaganda otasidan so‘radi:
— Ota, Odam Atomizning qaynonasini kim deb chaqirishgan?

— Bolam, Odam Atomizning qaynonasi bo‘lmagan… U jannatda yashagan.
* * *
Shifoxonaning travmotogiya bo‘limiga tegishli kasallik tarixidagi yozuvdan:
— Bemor imi-jimida begona ayollarga qatnagan mahal xotini ham xuddi shunday imi-jimida karatega qatnaganini bilmagan ekan…
* * *
Bir oylik kelin yaqin dugonasiga hasrat qilyapti:
— Kecha kuni bilan chuchvara tugdim. Kechqurun erim kelib…

— Xo‘sh, xo‘sh? Nima dedi ering?
— «Qaytib bunaqangi chuchvara sotib olma» dedi.
* * *
Agrar universitet domlasi talabadan imtihon olyapti:
— Hurmatli talaba, tasavvur qiling, siz fermer xo‘jalik rahbarisiz. Bu yil ham kartoshka hosili nolga tushib qoldi. Sababi nimada deb bilasiz?

Ob-havo noqulay kelgan bo‘lishi mumkin.
— Yangiroq, ishonarliroq sabab topa olasizmi?

— Albatta.
— Ayting.

— Kartoshka ekish esimizdan chiqqan bo‘lishi mumkin.
* * *
Yangi ishga kirayotgan yigit suhbatdan o‘tayotib korxona rahbarining «Uylanganmisan?», degan savoliga shunday javob berdi:
— Yo‘q, men uylanmaganman. Ammo buyruqqa so‘zsiz bo‘ysunaman… Armiyada o‘rgatishgan.
* * *
Yigit qizdan so‘radi:
— Hozir qo‘lingni ushlasam, nima qilasan?

— Bobomni chaqiraman.
— Kutilmaganda yuzingdan bo‘sa olsam-chi?

— Bobomni chaqiraman.
— Nega endi «Bobomni chaqiraman», «Bobomni chaqiraman» deyaverasan?

— Chunki bobomning ikkala qulog‘iyam kar.

Manba: Hordiq.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Hangomaning bundan battari bo‘lmaydi…