10:00 / 27.01.2018
6 337

Sevgining ko‘zlari ko‘r ekan...

Sevgining ko‘zlari ko‘r ekan...
— Hayot ba’zida baxtga to‘la, ba’zida esa shafqatsiz ekan. Qo‘qonda yashab, ishlab yurgan kunlarimning birida bir insonni uchratib qoldim va unga ko‘ngil qo‘ydim. U Toshkentda yashardi, shuning uchun ham u bilan poytaxtga keldim. Oilamdagilarga esa yolg‘on aytib, ish bilan Toshkentga yuborishayotganini bahona qildim. U insonni shu darajada sevardim, endi bilsam ko‘zlarim ko‘r bo‘lgan ekan. Ma’lum vaqtdan keyin Qo‘qonga qaytdim. Ammo kutilmaganda tobim qochib, o‘zimni juda lohas seza boshladim. Shunda xayolimga kelgan fikrdan o‘zim shu darajada qo‘rqib ketdimki. Odatda, bunday paytda har bir ayol xursand bo‘lishi kerak. Ammo men… Nima qilishimni bilmay sevgan insonimga bu haqda aytdim. Ming afsuski, u o‘z farzandini tan olmadi va meni tubsiz jarlik sari itardi. Buni ota-onamga aytish o‘lim bilan tengligi uchun bolamni oldirib tashladim. Bolamni asrab qolishni xohlardim, biroq…

Sevganim men bilan faqat maishat va kayf-safo uchun yurganini o‘ylasam, bugun yuragim tilka-pora bo‘ladi. Uni qarg‘ashni istamasam-da, lekin muhabbatimni o‘yin qilgani uchun Allohdan jazo berishini so‘rayman.
ShABNAM, Qo‘qon shahri

Manba: Hordiq.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Sevgining ko‘zlari ko‘r ekan...