20:31 / 07.02.2018
19 010

Baxtli umr kechirish yoki taqdirdan qochib bo‘lmaslik haqida

Baxtli umr kechirish yoki taqdirdan qochib bo‘lmaslik haqida
Mazmunli va baxtli hayot kechirish sirlari nimada? Insonlardagi har birining o‘ziga xos odatlari, ushbu savolga xos javob bo‘la oladi. Mening nazarimda turli insonlarning hayotga nisbatan o‘ziga xos noyob qarashlari, yashash tarzlarini o‘rganish, va ibrat olish har birimiz uchun foydadan xoli bo‘lmaydi.

Siz azizlarning e’tiboriga havola qilinayotgan fikrlarni uzoq va baxtiyor hayot kechirayotgan insonlar bilan suhbatlashish jarayonida, ular haqida yozilgan yozma manbalar, turli xotiralar va albatta bu haqdagi o‘zimning xulosalarimdan kelib chiqqan holda bayon qilishni lozim topdim. O‘ylaymanki, bu fikrlar sizni baxtli bo‘lishga va hayotni sevishga undaydi deb umid qilaman, agar shunday bo‘lsa, men bundan bag‘oyat baxtiyor bo‘laman.

Hattoki siz o‘zingizda nafratni his qilsangiz ham uni ichingizda saqlang. Har qanday holatlarda ham atrofdagilarga ozor yetkazmang.

Muhabbatga ishonishda davom eting.

Hech kim sizni boshqarishiga yo‘l qo‘ymang.

Taqqoslamang. Aks holda siz baxtli bo‘la olmaysiz. Boshqa yurtning maysalari doim yashilroq ko‘rinadi.

Agar siz uchun kim bilandir uchrashish o‘ng‘aysiz bo‘lsa, bu odam bilan munosabatlarga kirishish kerak emas.

Har kuni o‘zingiz uchun biron bir yoqimli ish qiling.

O‘z qiziqishlaringizni toping va ular bilan yashang.

Hammasi o‘z qo‘lingizda, to‘g‘ri tanlov qila biling – faqatgina ota-onani tanlab bo‘lmaydi.

Olg‘a yurishda davom eting va hech qachon taslim bo‘lmang.

O‘lish kerak emas, hattoki siz buni juda hohlaganingizda ham.

Hayot – bu quvonch. Unda hamma narsa insonning o‘ziga bog‘liq. Unutmang siz har doim ham “baxtli” bo‘la olmaysiz, axir hayot bu faqat o‘yin-kulgidangina iborat emas, shunchaki hayotni seving va undan mamnun bo‘ling.

Odamlarni seving. Insonda nimanidir toping, buning uchun uni sevsa arziydi.

Yaxshi bilim oling. Bilim shunday narsaki, uni sizdan hech kim, hech qachon tortib ola olmaydi.

Ijobiy fikr yuriting va hammasi joyida bo‘ladi. Agar siz salbiy fikrlasangiz, o‘z tanangizni o‘zingiz zaharlaysiz.

Atrofingizda turli odamlar doim va ko‘p bo‘lsin: yoshlar, qariyalar, oqlar, qoralar.

Nafaqaga ketishga shoshilmang, biroq buni juda hohlasangiz 65 yoshdan oldin emas.

Moddiy narsalarni yig‘ishga ko‘p ham ruju qo‘ymang. Unutmang, vaqti soati kelganda siz u dunyoga o‘zingiz bilan hech narsa olib keta olmaysiz.

O‘zingizga xos ibrat namunasini egallang va bu yo‘lda ko‘proq narsaga erishing.

Insonlar qiziquvchan bo‘lishlari kerak deb hisoblayman. Ular o‘zlarining kulfatlari va dardlaridan tashqaridagi dunyo bilan ham qiziqishlari zarur. Ular dunyodagi barcha yangiliklardan, yangi odamlarni uchratishdan yoki yangi sahna asarini ko‘rishdan zavq ola bilishlari va hayotni sidqidildan sevishlari zarur.

Rostgo‘y bo‘ling. Men kamdan-kam aldaganman. Agar siz odamlarga nisbatan halol bo‘la olsangiz, bu albatta o‘zingizga qaytadi va boshqalar ham sizga nisbatan halol bo‘lishadi. Yolg‘on – bu juda og‘ir yumush.

Boshqa insonlarga ham quloq tuting. Albatta biron yangi narsa haqida xabardor bo‘lasiz. Agar siz o‘zingiz ko‘p narsa bilishingiz haqida javrayvermasdan, boshqalarni ham tinglasangiz kutganingizdan ham ko‘proq narsalarni bilib olasiz.

Qilayotgan ishingizni seving. Agar siz yuragingizga yaqin ishni topa olsangiz, hayotingiz davomida maroqlanib yashaysiz.

Oila siz uchun yagona maskan, uni asrang. Qanday muammolar bo‘lmasin – moliyaviy yoki ruhiy, nima bo‘lishidan qat’iy nazar oilangizga tayaning va uni asrang. Qaysidir kunlar, boshqalaridan yomonroq tuyulishi mumkin, aslida shunday bo‘lishi ham kerak: tun bor-yo‘g‘i tong otishdan oldin qorong‘iroq bo‘ladi.

Men hayotimizni go‘zal va baxtiyor qiladigan eng mayda narsalarni ham ilg‘ashga harakat qilaman.

Yangi narsalarni o‘rganish sizni baxtiyor qiladi va teran aql-idrokni saqlab qolish imkonini beradi.

Men qattiq hayajonni yoqtirmayman. So‘kinishlarga toqat qila olmayman. Agar kimdir so‘kinib boshlasa, men darhol undan uzoqlashaman. Men ijobiy odamlar orasida bo‘lishni yoqtiraman, ular menga doim dalda beradilar.

Ishtahangiz yaxshi, do‘stlaringiz ko‘p va bo‘sh vaqtingiz kam bo‘lsin. Yaxshi umr yo‘ldoshi va osoyishta f’el-atvor ham zarur.

Hech qachon mas’uliyatdan qochmang. Agar siz hech narsaga mas’ul bo‘lmasangiz, shunday narsani topingki, u sizni javobgarlikka undasin. Bu sizga fikrlash qobiliyatini, hayotga qiziqishingizni, uzoq vaqt jo‘shqinlik va tiyraklikni saqlashga yordam beradi.

Tirishqoqlikni va sinchikov aqlni saqlab qolish juda muhim.

Iltifotli, e’tiborli, faol va madaniyatli inson bo‘ling. Birovning nog‘arasiga o‘ynamang.

Xotirjam bo‘ling va hayotdan zavq oling, unutmang taqdirdan qochib bo‘lmaydi.

Manba: usm.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Baxtli umr kechirish yoki taqdirdan qochib bo‘lmaslik haqida