06:30 / 18.02.2018
5 469

Olimlar husnixatga qarab insonning kayfiyatini aniqlash yo‘lini topdi

Olimlar husnixatga qarab insonning kayfiyatini aniqlash yo‘lini topdi
Isroillik olimlar insonning kayfiyati husnixatga qanday ta’sir qilishini va bundan hissiy o‘zgarishlarni aniqlashda foydalanish usulini topdi. BU haqda Daryo nashri xabar berdi.

Tadqiqotda 62 nafar ko‘ngilli ishtirok etgan. Ular uch guruhga ajratilgan. Olimlar guruhlarning har birida aniq bir kayfiyatni shakllantirishga harakat qilgan: ijobiy, salbiy, neytral. Keyin tajribadan o‘tayotganlardan ivrit matninng xatboshisini yozish so‘ralgan, husnixatdagi mayda o‘zgarishlarni kuzatish uchun kompyuterlashtirilgan tizim qo‘llanilgan.

Tadqiqot uchta guruhda turli husnixat borligini ko‘rsatgan. Salbiy kayfiyatdagilar ijobiy yoki neytral kayfiyatdagilarga qaraganda tezroq va harflarni kichikroq enlikda yozgan.

Xulosaga ko‘ra, salbiy kayfiyat miyaga kognitiv yuklamani yuzaga keltiradi va bu husnixatdagi o‘zgarishga olib keladi.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Olimlar husnixatga qarab insonning kayfiyatini aniqlash yo‘lini topdi