16:25 / 18.02.2018
5 080

Halollik jannat mevasi, haromlik esa do‘zax kulfatidir

Halollik jannat mevasi, haromlik esa do‘zax kulfatidir
Qadim zamonda Abdusalom degan bir halol inson o‘tgan ekan. Uning yakkayu-yagona farzandi bo‘lib, u bolasini juda yaxshi ko‘rar, yeru-ko‘kka ishonmas ekan. Kunlar, yillar o‘tib bola katta paxlavon yigit bo‘libdi. Bir kuni u otasiga maslahat solibdi:

– Ey, ota! Endi nima kasb qilay?

Otasi: – Ey, o‘g‘lim. “Bo‘ynidan bog‘langan it ovga yaramas”, degan gap bor. Endi sen bir hunar yoki kasbni o‘zing tanla va shunga mehr qo‘y”.

Shunda o‘g‘li: – Eng yaxshi kasb – o‘g‘rilik bo‘lsa kerak, - debdi.

Otasi shunda debdi: – Mayli o‘g‘lim, o‘g‘rilik bo‘lsa o‘g‘rilik-da. Qo‘shnimizning qo‘yini o‘g‘irlab ko‘rchi. O‘g‘li qo‘shni xonadondagi bitta katta qo‘chqorni o‘g‘irlab olib kelibdi.

Otasi xursand bo‘libdi va: – O‘g‘lim, zo‘r ish qilding. Endi ikkimiz o‘zimizni tejaymiz va bir hafta uydan chiqmay, shu qo‘yni mazza qilib yeymiz, debdi. Xullas, astoydil bir hafta mazza qilib maishat qilishibdi. Qo‘yni yeb bo‘lgach, o‘zlarini tortishibdi.

O‘g‘il bir haftada uch kiloga ozibdi. Ota esa to‘rt kilo ko‘payibdi. O‘g‘il hayron bo‘lib otasiga boqibdi.

Ota kulib debdi: - Ey, nodon o‘g‘il! Bilib qo‘y, sen o‘g‘irlagan qo‘yning pulini men bir kun oldin qo‘shniga berib qo‘yganman. Shuning uchun men xotirjam semirdim. Ko‘rdingmi, sen o‘zingga halol kasb tanla. U dunyoing ham, bu dunyoing ham obod bo‘lur.

Halollik – jannat mevasi, haromlik esa do‘zax kulfatidir.
Manba: erk.uz

Halollik jannat mevasi do‘zax
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Fikrlar (0)