15:33 / 06.03.2018
8 976

Libosi yo‘q behayo, gumroh ketib boradir…

Libosi yo‘q behayo, gumroh ketib boradir…
Taq-tuq qadam tovushi: gunoh ketib boradir,
Libosi yo‘q behayo, gumroh ketib boradir.

Suratiyu siyratin ko‘z-ko‘z qilib o‘zicha,
Shaytonga bo‘lib ermak, hamroh ketib boradir.

Ko‘zlar sovuq, yuzga ham turfa xil rang beribmish,
Izlaridan ming alam, ming oh ketib boradir.

Yaxshi yuzin yer qilib, yomon ko‘zin o‘ynatib,
Poklik bilan iymon ham nogoh ketib boradir.

Go‘zallikka qora dog‘, ayollikka malomat,
Avlodlarga bir xasta matoh ketib boradir.

Aso tutib tog‘larga qo‘y boqqani ket, Sanjar,
Qara, bunda ziyo, nur, e-voh, ketib boradir.
Sanjar SAID

Manba: azon.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Libosi yo‘q behayo, gumroh ketib boradir…