14:53 / 31.03.2018
4 472

Qanday qilib taom yordamida yuz yil yashash mumkin?

Qanday qilib taom yordamida yuz yil yashash mumkin?
Chet ellik olimlar hamisha bizga qanday qilib uzoq va yaxshi yashash mumkinligi haqida gapirib keladi. Ular orasida qaysi mahsulotlarni iste’mol qilish kerakligi haqidagi maslahatlar ham bor. Diyetolog Lyudmila Denisenko ushbu tavsiyalarni bir necha qoidalar ostida umumlashtirib, 100 va undan ortiq yil umr ko‘rishga yordam beradigan to‘g‘ri ovqatlanish prinsiplarini ishlab chiqdi. Bu qoidalar umuman inson geni, turmush tarzi, jinsi va yoshiga bog‘liq emas. Ular bir butunligicha universal.

Juda sekin va mulohaza yuritib chaynash kerak
Albatta, ayrim to‘g‘ri ovqatlanish tarafdorlari tavsiya etayotganidek, 30-40-50 marta chaynash kerak emas, ammo xuddi o‘rdak kabi katta-katta bo‘laklab yutish ham yaramaydi! Bunda tishlar sog‘lom bo‘lishi muhim, shunda taom to‘g‘ri chaynaladi.

Me’yor hisoblanganidan 30 foiz kam iste’mol qilish kerak
Shunda kuniga 30 foiz kaloriya kam bo‘ladi. Aynan shu yuz yoshli insonlarni hozir va o‘tmishda ham birlashtiradi. Yodingizda bo‘lsin, luqma, masalan, go‘sht hech qachon o‘z kaftingizdan (barmoqlar hisobga olinmaydi) katta bo‘lmasligi lozim. Garnir porsiyasi esa hovuchingizga sig‘ishi kerak. Bu qancha bo‘lishini taxminan chamalab ko‘ring. Kamaytirishni to‘g‘ri miqdordan boshlash mumkin, keyin esa yana uchdan bir qismini olib tashlaysiz.

Suv bilan organizmni tozalash kuniga amal qilish lozim
Ayrim olimlar organizmni biz ko‘pincha o‘zimizga ortiqcha iste’mol qilish imkonini beradigan dam olish kunidan so‘ng tozalashni tavsiya etishadi. Ammo bu noto‘g‘ri.

Ha, dam olish kunlari ko‘pincha ortiqcha iste’mol qilish holatlari kuzatiladi. Lekin organizmni bunday to‘kin-sochinlikdan so‘ng, darhol ochlikka mahkum etishni tavsiya etish to‘g‘ri emas. O‘zingizga kelib olish uchun ratsionni kamaytirgan holda ikki kunni o‘tkazing, chorshanba esa organizmni tozalash uchun ayni muddao.

Qizil go‘sht kamroq, qizil meva ko‘proq
Ayrim yoshartirish ustida olib borilgan tadqiqotlar mualliflari kanserogen xususiyat (saraton kasalini yuzaga keltiruvchi modda yoki sharoit)ga ega qizil go‘sht va hayvon yog‘ini iste’mol qilishdan butunlay voz kechish, lekin taomnomaga ko‘proq meva va sabzavotlar kiritishni tavsiya qilishyapti. Ularning hammasi bizning organizmimizni saraton xastaligi rivojlanish xavfidan himoya qiladi. Biroq qizil va ko‘k pigmentli meva va sabzavotlar ham aynan ushbu xususiyatga ega. Ularda metabolizm, ya’ni diabet va yurak yog‘ bosishining oldini olib, tartibga solib turuvchi polifenollar juda ko‘p. Ular erkin radikallar — qarishning ajin tushishi kabi ilk sabablariga ham qarshi ta’sir ko‘rsatadi. Erkin radikallar qancha ko‘p hosil bo‘lsa, shuncha ko‘p himoyalovchi oziqlantiruvchi moddalarni iste’mol qilish kerak. Masalan, qizil apelsinlar yoki ochiq rangli rezavorlar, ya’ni chyornikadan tortib qizil smorodinagacha. Masalan, bizga noma’lum bo‘lgan Chili qizil rezavor mevasi bo‘lgan mak boshqa foydali mevalarga nisbatan 40 barobar foydaliroq va u uzoq umr ko‘rishning enzim hujayralarini faollashtiradi.

Ziravorlarni unutmang
To‘g‘ri ovqatlanish turli va har xillikni taqozo qiladi. Gippokrat: «Hammasini yeng, biroq oz-ozdan» degan ekan.

«Gippokrat sho‘rvasi»ni qadim zamonlardan barcha kasalliklarga qarshi dori, deb atashgan. U piyoz, petrushka, selderey, ko‘kpiyoz, kervel va boshqa ziravor giyohlardan tayyorlanadi.

Shu o‘rinda aytish joizki, biz kamdan-kam foydalanadigan toshcho‘p go‘sht proteinlarini oson hazm qildirar ekan. Arpabodiyon esa yog‘larni parchalab tashlaydi. Sarimsoq qarish jarayonini tezlashtiruvchi oziq-ovqatlarni so‘ndiradi.

ShU O‘RINDA…
Saratonga qarshi taomnoma uzoq umr ko‘rish parhezi bilan mos kelyapti.

Uzoq umr ko‘rishga to‘laligicha mos keladigan «Saratonga qarshi taomnoma» tuzilganiga ancha bo‘lgan. Yangi uzilgan mevalar, ko‘kat, boshoqli o‘simliklar va baliq (omega-3), zaytundan birinchi siqib olingan moy, kamroq go‘sht va ko‘proq mo‘’tadillik.

Bunday taomnoma diabet va baland qon bosimiga qarshi sog‘lom yurak va tomirlar uchun juda mos keladi. Qovurilgan va tez tayyor bo‘ladigan taomlar taqiqlangan. Omega-3 (baliq va yong‘oq) kislotasi hujayralar faoliyatini boshqaradi va hujayralararo axborot almashinuvini ta’minlaydi. Suv ham xuddi shunday: biz uni juda kam ichamiz, aslida, kuniga kamida bir yarim, yaxshisi, ikki litrdan choy, sharbat, qahva, suyuq ovqat ko‘rinishida emas, balki o‘zini, toza holatda iste’mol qilish lozim.

Ayrim tadqiqotchilar tarkibida yuqori darajada estrogen gormoni bo‘lgan va sut bezlari saratoni bilan og‘rigan bemorlarga shu xastalik tufayli o‘limi xavfini ikki barobarga oshiradigan yog‘li sut mahsulotlarini sezilarli darajada kamaytirish, imkoni bo‘lsa, butunlay voz kechishni tavsiya qilishyapti.

Bundan ikki yil muqaddam Michigan shtati universiteti tadqiqotchi olimlari biz o‘smirlik davrimizda odatlanib qolgan yog‘lilik darajasi yuqori bo‘lgan sut mahsulotlari yosh ulg‘aygan paytda hatto ortiqcha vaznga ega bo‘lmagan va yuragini yog‘ bosmagan ayollarda ham ko‘krak bezi saratoni xavfini oshirishini isbotlagan. Aynan shuning uchun parhezshunoslar oxirgi vaqtlarda ko‘proq yog‘siz va yog‘sizlantirilgan sut mahsulotlarini tavsiya etishyapti.

Qanday qilib uzoq umr ko‘rish va keksalikda ham sog‘lom yashash borasida ko‘plab tavsiyalar berayotgan doktor Devid Argus saratonni davolash bo‘yicha eng yaxshi mutaxassis, professor, onkologiya tadqiqot markazi direktori, bir qator kitoblar muallifi.

Doktor Argus sog‘lom va uzoq umr qoidalari haqida uzoq vaqt sog‘lom va yosh qolishni istovchilar uchun bir nechta kitob yozgan.

Xullas, uning ovqatlanish borasidagi ayrim tavsiyalari bilan tanishishingiz mumkin.

ChOY YoKI QAHVA IChING
Ushbu ichimliklarni o‘rtacha, ya’ni mo‘’tadil darajada iste’mol qilish salomatlik uchun foydali. O‘tkazilgan tadqiqotlar iste’mol qilingan kofein yurak, gipertoniya, osteoporoz va saraton kasalliklariga olib keladi, degan tushunchaning aksini ko‘rsatdi.

HAR KUNI BIR VAQTDA OVQATLANING
Agar tanangiz kutilgan kunning yarmida tushlikdan mahrum bo‘lsa, ochlik hissidan tashqari, u gormonlar ko‘tarilib tushishi oqibatida ro‘y beradigan kortizol stressini his etadi. Shuning uchun, agar vaqtida ovqatlanmasangiz, uni kutgan tanangiz semira boshlaydi.

MUZLATILGAN MEVA-SABZAVOTLAR ISTE’MOL QILING
Bozor va supermarket peshtaxtalaridagi mavsumi kelmagan meva-sabzavotlarda foydali moddalar bo‘lmaydi. Chunki ularni hali xomligidayoq uzib olishadi va saqlashadi. Yaxshisi, o‘z mavsumida tayyorlangan va foydali bo‘lgan muzlatilgan mahsulotlarni iste’mol qiling.

Manba: Hordiq.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Qanday qilib taom yordamida yuz yil yashash mumkin?