Tez yurish barcha sabablardan erta o‘lim ehtimolini 20 foizga kamaytiradi. Avstraliya, Buyuk Britaniya va Irlandiya olimlaridan iborat xalqaro guruh shunday xulosaga keldi.
Mutaxassislar Birlashgan Qirollikning 30 yoshdan oshgan 50 mingdan ziyod aholisi ishtirokida tadqiqot o‘tkazishdi. Shuningdek ularning tana massasi indeksi va jismoniy faollik darajasi ham inobatga olindi. Bunda ishtirokchilarda yurak-qon tomir va saraton kasalliklari bo‘lmasligi kerakligiga e’tibor qaratildi. To‘rt hafta davomida qatnashchilar qancha va qanday tempda yurishganini yozib yurishdi.
Ma’lumotlar ikki yil davomida to‘plandi. Tadqiqot mualliflari odamlarning aniq harakatlanish tezligini qayd etishmadi, biroq eng tez yurish kamida soatiga 4 milga (6,4 km/s) teng bo‘lganini ta’kidlashmoqda, deyiladi British Journal of Sports Medicine nashrida.
Olimlar o‘rtacha tezlikda yurgan kishilarda barcha kasalliklardan erta o‘lim ehtimoli 20 foizga, bu ishni faolroq amalga oshirganlarda esa 24 foizga kamayganini aniqlashgan. 60 yoshdan kattalar guruhida bu ta’sir yanada kuchli namoyon bo‘lgan. Bunday toifada yurak-qon tomir kasalliklari natijasidagi o‘lim ehtimoli o‘rtacha tezlikda yurganda - 46 foizga, yuqori tezlikda yurganda 53 foizga kamaygan.
“Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Olimlar o‘quvchilarning familiyasidagi bosh harf ularning bahosiga ta’sir qilishini aniqladi
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Shveysariya prezidenti Putinga maktub yo‘lladi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Futzal. Osiyo Kubogi. Tojikiston Yaponiyani guruhda qoldirdi
O‘zbekistonda o‘tgan uch oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgan?