23:46 / 09.06.2018
7 562

Mubashshir Ahmad javobi: Benamoz, xijobsiz qizlarga uylanish mumkinmi?

Мубашшир Аҳмад жавоби: Бенамоз, хижобсиз қизларга уйланиш мумкинми?
Kuni kecha jurnalist Jasur Hamroyev va Azon.uz ta’sischisi Mubashshir Ahmad o‘rtasida ijtimoiy tarmoqlarda jonli muloqot bo‘lib o‘tdi.

Jasur Hamroyev tarmoq foydalanuvchilaridan kelgan savollarni o‘qib eshittirdi. Jumladan, uylanish masalasida quyidagi savolni berdi.

«Benamoz, xijobsiz qizlarga uylanib, ularni hayot davomida Allohning buyurganlariga o‘rgatishimiz to‘g‘rimi?»

Mubashshir Ahmad domla savolga quyidagicha javob berdi:

“Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam 4 toifa ayolni bayon qilganlar. Ayolning nasabi, boyligi, chiroyi va diyonati uchun uylaniladi. Sen ey baraka topgur, diyonatlisiga uylan, deb Payg‘ambar alayhissalom tavsiya qilganlar. Ana shundan kelib chiqadigan bo‘lsak, diyonatlisiga uylanish yaxshi bo‘ladi.

Lekin chiroyi bor, go‘zalligi bor ammo diyonati yo‘q bo‘lsa. Diyonat deganda dinning barcha arkonlarini o‘zida mujassam qilganni aytiladi-da. Demak ro‘molda emas, namozda emas, demak to‘liq diyonatda emas, balki diyonatning ba’zi bir ko‘rinishlari bor. Masalan, axloqli, odobli, uyatchan bo‘ladigan bo‘lsa va bundan boshqa soliharoq qiz topilmasa, albatta (o‘shani) olinadi. Er sifatida, xonadon sohibi sifatida o‘z ayolini sekin asta tarbiya qiladi”, deb aytdi Mubashshir Ahmad.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Mubashshir Ahmad javobi: Benamoz, xijobsiz qizlarga uylanish mumkinmi?