15:46 / 10.06.2018
5 354

Ko‘p yoki keragidan kam uxlash o‘limga olib kelishi mumkin ekan…

Ko‘p yoki keragidan kam uxlash o‘limga olib kelishi mumkin ekan…
Yaponiya olimlari odamning uyqusi bilan bog‘liq izlanishlarni qariyb 10 yil oldin boshlashgandi. Shu muddat davomida 1500 nafardan ko‘proq ko‘ngilli tadqiqotlarda faol ishtirok etdi. Yarmidan ko‘proq qismi olamdan o‘tib ham ketdi.

Xullas, yapon olimlarining izlanish natijalari shuni ko‘rsatdiki, odam 8 soatdan ko‘p uxlasa, yoki shundan kam uxlasa, erta olamdan o‘tish xavfi orta borarkan. Bunga ikkita sabab bor. Ko‘p uxlagan odam organizmi me’yorida harakatlanmaslik oqibatida tanazzulga yuz tutsa, kam uxlaydigan odamda asab tizimi ishdan chiqadi. Ikkala holatda ham organizm zo‘riqishga uchraydi, qarish uchun javobgar to‘qimalar faoliyati tezlashadi. Shu sababli har birimiz kuniga 8 soatdan ko‘p ham, kam ham uxlamasligimiz talab etilarkan.

Manba: Hordiq.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Ko‘p yoki keragidan kam uxlash o‘limga olib kelishi mumkin ekan…