O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lumotlari asosida jaziramadan qanday saqlanish bo‘yicha eng ko‘p tarqalgan savollarga javob tayyorlandi.
Xona sovuq ham issiq ham bo‘lmasligi uchun undagi harorat qanday bo‘lishi kerak?
Xona harorati kunduz kuni 32 darajadan, tunda esa 24 darajadan oshmasligi kerak. Xona va ko‘cha harorati o‘rtasida keskin farqga yo‘l qo‘ymaslik tavsiya etiladi.
Quyosh urganligini qanday bilish mumkin?
Bosh aylanishi va bosh og‘rig‘i, darmonsizlik, qayt qilish, nafas olish va tomir urishining tezlashuvi, tana haroratining baland bo‘lishi va mushaklardagi og‘riq quyosh urishining belgilari hisoblanadi. Shu bilan bir paytda siz umuman terlamaysiz, teringiz quruq va issiq bo‘ladi. Hushini yo‘qotish issiq urishining eng yaqqol belgisidir.
Quyosh urganda qanday yo‘l tutish lozim?
Bunda zudlik bilan shifokorga murojaat qilish yoki tez yordam chaqirish maqsadga muvofiqdir. Biroq agar bunday imkoniyat bo‘lmasa, soyada yotish, kiyimlardagi siqib turadigan buyumlarni (kamar, bo‘yinbog‘) bo‘shatish, yuzni chayib, suv ichish kerak bo‘ladi.
Yozda ishtaha yo‘qolganda qanday ovqatlanish zarur?
Issiq havoda yog‘li va og‘ir taomlar haqida unutgan ma’qul. Yengil sovuq ovqatlar, masalan, okroshka, shuningdek, meva va sabzavotlarni iste’mol qilish tavsiya etiladi.
Kun davomida qancha suv ichish zarur?
Odatda kun davomida 1,5 litr suv ichish kerak bo‘lsa, issiq havoda ter ajralishining oshishi tufayli uning miqdorini taxminan uch marta ko‘paytirish kerak bo‘ladi.
Qanaqa suv ichish tavsiya etiladi?
Eng yaxshi variant salqin shirin bo‘lmagan ichimliklar va choydir. Issiq choy yozda ter ajralishini kuchaytiradi, shu tariqa qanchalik g‘alati bo‘lmasin, bug‘lanishning ortishi hisobiga tana yuzasini sovutadi. Juda sovuq ichimliklar anginaga sabab bo‘lishi mumkin.
Ko‘p suyuqlik ichish hammaga ham tavsiya etiladimi?
Yurak qon-tomirlari xastaliklari, qon bosimining oshishi, semirish va buyrak faoliyatida muammolari bo‘lgan kishilarga ko‘p suyuqlik ichish tavsiya etilmaydi.
Jazirama vaqtida sport bilan shug‘ullanish mumkinmi?
Jismoniy faollikdan voz kechmaslik zarur. Biroq xavfsizlik qoidalariga rioya etish kerak bo‘ladi. Sport bilan tongda, shuningdek, havo almashinuvi yo‘lga qo‘yilgan xonada shug‘ullanish lozim.
Manba: Sof.uz
“Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Damas uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?