16:28 / 24.06.2018
6 443

Shifoxonada

Shifoxonada
Palatada ikki kishi yotibdi: biri derazaning tagida, ikkinchi uzoqroqda. Ikkalasining ham dardi og‘ir. Derazaning tagida yotgan bemor har kuni derazadan tashqariga boqib, ko‘rganlarini derazadan chaproqdagi bemorga gapirib beradi: “Daraxtlar yam-yashil, qushlar, kapalaklar uchib yuribdi, chechaklar ochilgan, oftob charaqlab turibdi, bolachalar bog‘da o‘ynab yurishibdi, yosh-yalang skameykada o‘tirib miriqib suhbatlashyapti, atrofga shodon kulgular jarangi taralmoqda...”

Derazadan uzoqdagi odam uning gapirib berganlarini tasavvurida jonlantirib kulimsirab, qanday ajoyib... deb qo‘yadi.

Bir kecha deraza ostidagi bemorning ahvoli og‘irlashdi. “Yordam ber menga”, deya ingranib palatadoshini uyg‘otdi. “Hamshiralarni chaqiring”, deya yolvordi. Derazadan uzoqdagi kasal uyg‘ondi, boqdiki, hamxonasining ahvoli jiddiy, ammo orqa o‘girib olib yotaverdi. Negaki, u deraza ostiga ko‘z tikkan edi, yagona orzusi deraza ostidagi o‘ringa o‘tib yotish edi.

Deraza ostidagi bemor o‘sha tunda ingray-ingray jon berdi. Derazadan uzoqdagi bemor tongda uyg‘onib qarasa, deraza ostidagi o‘rin bo‘sh turibdi. Buni ko‘rib xursandligi ichiga sig‘may tirjaya boshladi... endi uning u yerga o‘tib olishiga hech qanday to‘siq yo‘q. So‘ngra hamshiralar keldi. Bemor hamshiralarga: “Men deraza ostiga o‘tishni xohlayman”, dedi. Hamshiralar uni aytgan joyiga o‘tkazib qo‘yishdi. U sevinganidan zavqi ichiga sig‘may bo‘ynini cho‘zib derazadan tashqariga qaradi. Ne ko‘z bilan ko‘rsinki, deraza ortidan qizg‘ish devordan boshqa hech narsa ko‘rinmas edi...

Manba: O‘MI Matbuot xizmati

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Shifoxonada