10:27 / 20.07.2018
4 677

“Biz bo‘lganimiz tufayli men borman!“

“Biz bo‘lganimiz tufayli men borman!“
Antropologiya fani olimi Afrikaning ibtidoiy qabilalaridan birida bolalar bilan quyidagicha o‘yin o‘ynadi. Lazzatli mevalar solingan savatchani bir daraxt tagiga qo‘yib, ularga: “Sizlardan kim birinchi bo‘lib, savatchaga yetib kelsa, uning ichidagi mevalarni qo‘lga kiritadi“, dedi.

“Boshladik“ ishorasini berganda olim favqulodda qiziq bir holatning guvohi bo‘ldi. Bolakaylar shirin mevalarga yetishgunlaricha bir-birlarining qo‘llaridan mahkam ushlab, barobar daraxt ostiga yetib kelishgandi.

Har birlari g‘olib bo‘lish imkoniyatiga ega bo‘la turib, nega bunday qilganlari haqida olim so‘raganda, bolakaylar taajjub bilan: “Qanday qilib boshqalarimizning baxtsizligi evaziga birimiz saodatli bo‘lishimiz mumkin?!“ deya javob qilishdi!

Ular o‘zlaridagi qoida: “Biz bo‘lganimiz tufayli men borman!“ qoidasiga muvofiq ish tutishgandi.

Bu ibtidoiy qabila, o‘zini ulardan afzal va mutaraqqiy biluvchi jamiyatlar yo‘qotib qo‘ygan saodat sirriga ega edi.
Ayman YoG‘IY

Manba: Azon.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » “Biz bo‘lganimiz tufayli men borman!“