08:30 / 23.07.2018
11 656

Kofe parhezi ozishga yordam bermaydi

Kofe parhezi ozishga yordam bermaydi
Ko‘pchilik ortiqcha vazndan bezor bo‘lganlar tongni qahva bilan qarshi olishadi. Shu yo‘l bilan ochlikni yengish va ortiqcha kaloriyadan xalos bo‘lishga intilishadi. Kofe moddalar almashinuvini yaxshilashiga qattiq ishonishadi. To‘g‘ri, kuniga ikki chashkadan kofe ichilganda, haqiqatan organizmdagi kaloriya kamayadi.

Ortiqcha vazn sizni tark etgandek bo‘ladi. Lekin bu holat uzoq davom etmaydi. Oradan bir necha kun o‘tgach, ortiqcha vazn va yo‘qotilgan kaloriya yana o‘z o‘rnini egallaydi. Bir so‘z bilan aytganda, kofe ozish uchun dori vazifasini o‘tay olmaydi. Shunday ekan, ozishni istaganlar boshqacha usul tanlasinlar. Kofeni esa shunchaki, asablarni tinchlantirish uchun ichsalar yetarli.

Manba: hordiq.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Kofe parhezi ozishga yordam bermaydi