14:53 / 14.08.2018
6 065

Muammo, yechim va maslahat: bu test aynan siz uchun!

Muammo, yechim va maslahat: bu test aynan siz uchun!
PSIXOLOGIK TEST
Suratda ko‘rsatilgan belgilardan birini tanlang. Uzoq vaqtdan buyot sizni qiynab kelayotgan mavhumlikni aniqlang va uni bartaraf etish yechimini bilib oling.

1. ARSLON – Quyosh nur va boshqaruv

MUAMMO:
Siz quyoshning homiyligida yashaysiz, juda kuchli shaxssiz. Qachonlardir qo‘ygan maqsadingiz sari olg‘a intilyabsiz yoki allaqachon unga erishib bo‘lgansiz. Maqsadingizga erishish uchun juda ko‘p kuch sarfladingiz, endi bu asosiy muammoyingizga aylandi. Hukmronlik qilishga bo‘lgan xohishingiz va hammadan a’lo bo‘lishga intilishingiz sizni bir burchakga tiqib qo‘ydi, o‘zingizni go‘yo tuzoqqga tushgandek his qilyabsiz. Zimmangizga mas’uliyat yuklangan va go‘yoki undan qochishning imkoni yo‘qdek, bu holat sizga tanishmi? Mana shunday qo‘rqinchli hissiyotlardan qochishga harakat qilyabsiz. Muammoga aylangan maqsad, bu haqiqatdan ham juda qo‘rqinchli.

YeChIM:
Hayotingiz tubdan o‘zgarib ketishi va intilganingizdan qutilishga to‘g‘ri kelishiga tayyor turing. O‘zingizga savollar bering. Oxirgi marta qachon o‘zingizni erkin, ozod his qilgansiz? Va bu qanday sharoitda ro‘y bergan? Agar hayotingizni yangidan boshlash imkoniyati berilsa, uni qanday o‘zgartirgan bo‘lar edingiz? Barcha talab va majburiyatlaringizni unuting, tasavvur qiling, va aslida nima xohlashingizni tushinishga harakat qilib ko‘ring. Sizni o‘sha ahvolga solgan holatlar sababini anglashga urinib ko‘ring. Shunday chuqur mulohaza bilan hayotda nima qilishingiz kerakligini tushib yetasiz.

MASLAHATLAR:
Balkim maqsadingiz yo‘lida juda ko‘p xatolarga yo‘l qo‘yganingizni tushinib yetarsiz. Ularni qabul qiling va o‘zingizni kechiring. O‘sha vaqtlarda shunday qarorlar qilish zarur bo‘lgan. Lekin hozir ancha aqlliroqsiz va zarur paytda yo‘lni bo‘shatib har qanday muammoni hal qila olishga qodirsiz.

2.️ SOAT – vaqt aylanasi va muqarrarlik

MUAMMO:
O‘tmishingizda vaqt to‘xtab qolishiga sababchi, qandaydir og‘ir hodisa sodir bo‘lgan. Shundan beri vaqt tuzog‘iga tushib qolib huddi tumanda yashayotgandeksiz. Asta-sekin cho‘kayotganlik yoki botqoqqa botayotganlik hissi sizni bo‘g‘ib nafas olishingizni qiyinlashtiryabdi. Kuch-quvvatning yo‘qligi, mahzun va yechimsiz yakuni – zerikish va sukut bilan kutishga olib kelyabdi.

YeChIM:
Vaqt – hayotning ajralmas bir qismi. U to‘xtamasdan o‘tib borayotganini, o‘tmish – o‘tib ketganini qabul qilishingiz lozim. Bo‘lib o‘tgan ishni to‘g‘ri qabul qiling va qo‘yib yuboring. Axir bo‘lib o‘tgan hodisalar sizni yanada kuchli qildi-ku. Endi faqat oldinga olg‘a yurish vaqti keldi.

️MASLAHAT:
Bugungi kun bilan yashashni va kelajak uchun rejalar tuzishni o‘rganing.

3. OY – His-tuyg‘u va yashirin haqiqat

MUAMMO:
Ichingizda bo‘ron bosh ko‘targan yoki urush ketyabdi. Qandaydir mavhum narsa sizni kechalari uhlatmaydi. Qalbingizda uyg‘ongan narsa sizni qo‘rqityabdi va o‘ylamay qilingan harakatlaringizga sabab bo‘lyabdi. Ichingizdagi qaysi tuyg‘u bunga sababchi tushinmayabsiz.

YeChIM:
Juda uzoq muddat negativni qalbingiz tubida saqlab yuribsiz. Yechimsiz, yig‘ilib qolgan barcha savollaringizni o‘ylab olish vaqti keldi. Tuyg‘ularga o‘zingizni bering: ana shunda u sizni ichingizdan yemirishni bas qiladi. Anglangan va ochiq his-tuyg‘ular qalb xotirjamligi poydevoridir.

MASLAHAT:
Tuyg‘ularingizni bildirishni, ko‘rsatishni o‘rganing. Muammolardan siqilib, ularni bo‘g‘ishga harakat qilmang, barchasi befoyda, agar shunday qilsangiz negativlikning o‘zi sizni bo‘g‘adi.

4. KALIT – shubha-gumon va savollar

MUAMMO:
Disgarmoniya, zerikish va xavotir sizni taqib qilyabdi. Atrofingizdagi barcha narsadan shubhalanasiz, qalbingiz uning savollariga javob berishingizni talab qi%D%Fbdi. Aqlsizlik va mavhum qo‘rquv charchoqga olib keladi, shunda xaqiqat qidiruvi to‘xtatiladi va siz asabiy depressiv holatga tushib qolasiz.

YeChIM:
Yangi darvozalarni ochish zarur. Uning ortidan yangi hayot yo‘llari keladi. Oldinlari faqat orzu, hayol qilgan yangi dunyo, hayotlarni ko‘rasiz. Qalbingiz yangilanishni, yangi ta’asurot va hissiyotlar sovg‘a qilishingizni talab qilyabdi. Odatga aylangan o‘z chegarangizdan tashqariga chiqishingiz zarur.

MASLAHAT:
Sayohat qiling. Oldinlari sizda qiziqish uyg‘otgan va sarguzashtlarga undagan tuyg‘uni qidirib toping.

5. KAFT – Yovuz kuchlardan himoya

MUAMMO:
Bu timsol – siz negativ yovuz kuchlar qurboni ekaningizni anglatadi. O‘zingiz ham sezayotgan bo‘lsangiz kerak, hayotingizda nimadir boshqacha, atrofingizni g‘alati odamlar va belgilar o‘rab olgan, tushinarsiz hodisalar ro‘y beryabdi. Siz asirsiz, qalbingiz ozodlikka chiqish uchun tinmay harakat qilyabdi.

YeChIM:
Kaft – negativdan qutulish imkoniyati belgisi. Hatto eng qo‘rqinchli damlarda ham ozodligingiz yolg‘iz o‘zingizga bog‘liq. Xotirangizdan qachonlardir ojizlik ko‘rsatgan vaqtingizni qidirib toping – aynan u muammolaringiz sababchisi. O‘zingizdagi o‘sha ojizlikni kechishni uddasidan chiqing – bu ozodlikga chiqish uchun birinchi qadam bo‘ladi.

MASLAHAT:
Hozir sizga ko‘proq bo‘sh vaqt kerak bo‘ladi. Qo‘ldan chiqarilgan kuch-quvvatni qayta tiklash uchun uni to‘laqonli hordiq chiqarishga sarflashingiz talab etiladi.

Bizning dunyoimiz biz o‘ylaganchalik oddiy emas. Bazan oddiygina bir belgi butun bir hayotimizni o‘zgartirib yuborishga qodir. Testdan o‘tib, qalbingizga nima kerakligini bilib oling.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Muammo, yechim va maslahat: bu test aynan siz uchun!