18:00 / 17.08.2018
6 081

Jahl, g‘amginlik, o‘zidan qoniqmaslikning asl sabablari

Jahl, g‘amginlik, o‘zidan qoniqmaslikning asl sabablari
1. JAHL
Agar xohlaganingizga erisha olmasangiz, o‘zingiz anglamagan holda (instinktiv ravishta) ichingizdan jaxl hissini chaqira olasiz, maqsadingiz esa ikkinchi bir insonni o‘zingizga bo‘ysundirishdir. Demak, jahl — siz uchun vaziyatni qo‘lga olish vositasi hisoblanadi. Jahlga — bahsda yuqorida turishga, hisobni tenglashtirishga, omadsizliklaringiz uchun qasos olishga yordam beradigan vosita sifatida qaraysiz. Shuningdek jahldan huquqlaringizni himoya qilish yo‘lida ham foydalanasiz. Biz jahlimiz yordamida dushmanimizga chekinishi lozimligini tushintirishga harakat qilamiz. O‘zimizga nisbatan jahlimiz esa, o‘zimizni nimadir qilishga majburlash, bajarishdan cho‘chib turgan ishni boshlash usuli bo‘lishi ham mumkin. Jahl shuningdek harakatni boshlash uchun boshlang‘ich mexanizm bo‘lishi ham mumkin (masalan diyetaga o‘tirish). Yoki omadsizliklarimiz uchun o‘zimizni jazolashning bir turi bo‘lishi ham mumkin.

2. G‘AMGINLIK, ZERIKISH
Bu o‘zimizdan va o‘z natijalarimizdan qoniqmasligimizni ko‘rsatib berishning bir turidir. Shuningdek, insonlar va vaziyatlardan ko‘nglimiz qolganiga javob qaytarish desa ham bo‘ladi. Bu hamdardlikni namoyon qilish shakli bo‘lishi ham mumkin. Kim bilandir noxush hodisa ro‘y berganida hamdardlik bildirasiz va bunga o‘z munosabatingizni, o‘z reaksiyangiz g‘amginlik orqali bildirasiz.

3. G‘ASHINGIZ KELISHI
Bu jahl chiqishining nimjonroq ko‘rinishidir. Bu hissiyot, kimningdir fe’l-atvori, harakati sizda norozichilik kayfiyatini uyg‘otgan va asabiylashishga majbur qilgan vaqtda paydo bo‘ladi. Bizga to‘htashga xalaqit beradigan norozichilik namoyishiga xizmat qiladi. Namoyishni to‘htatishga va bizni harakat qilishga undashga yordam beradi. G‘ashi kelishning ortida vaziyatni o‘zi nazorat qilishga bo‘lgan xohish turadi. Biz aytganimizdek bajarilmayotgani uchun g‘ashimiz keladi.

4. AYBDORLIK HISSI
Bu o‘zimizni o‘zimiz jazolash turidir. Bazan xatolarimiz uchun javobgarlikdan qochishga yordam beradi. Ha, aybdorlikni his qilyabman, tan olyabman va boshqa hech narsa qilishim shartmas. Ba’zan aybdorlik hissi beozor ko‘rinishda namoyon bo‘ladi: men shunchalar mulohazakor, tafakkurliman-ki, hatto o‘zimning xatolarimni anglab azob chekayabman. Aybdorlik hissi juda parchalovchi emotsiya, u o‘zingizdagi nimanidir o‘zgartirishingiz lozimligidan darak beradi. U qayerdan kelganiga : besababmi yoki haqiqatdan ham yomon ish qilib qo‘yganingiz oqibatimi, tarbiyamizga bog‘langanmi…., buni tushunish uchun, hatoingiz sababini tahlil qilishingiz kerak. Chin dildan o‘zingizni kechirishingiz va bu holat boshqa qaytarilmasligiga o‘zingizga so‘z berishingiz lozim. Xafa qilgan insonlaringizdan yuzma-yuz uzr so‘rashingiz yoki ko‘rilgan zararni qoplashingiz yaxshi natija beradi.

5. KO‘NGIL QOLISHI
Aniq bir xohlagan narsamizga erisha olmagan holatlardagi norozichilik kayfiyatimizni namoyish etishga mo‘ljallangan.

Manba: Hordiq.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Jahl, g‘amginlik, o‘zidan qoniqmaslikning asl sabablari