19:17 / 23.08.2018
11 250

Erkak va ayolning psixologik farqi…(juda qiziq)

Erkak va ayolning psixologik farqi…(juda qiziq)
Olimlarning fikricha ayollar asosan tinch va standart shart-sharoitlarda yaxshi natijalarni koʻrsatar ekanlar. Masalan, miltiqdan otishda, osoyishta va xotirjam holatda erkaklar ularga merganlikda yeta olmaydilar.

Ayni paytda, ikki-uch xil ishni bajarish, noodatiy va asabiy vaziyatlarda (bir jinoyatchiga nisbatan qurol ishlatish kabi) ayollarda “tir”dagi merganlikdan asar ham qolmas ekan. Erkaklar boʻlsa buning aksi, tezkor vaziyatlarda yuqori aniqlik va tartib bilan qurol ishlatishga qobiliyat paydo boʻlarkan. Yaʻni, erkaklarda ruhiy-psixologik holat ancha moʻtadil, bosiq boʻlganligi uchun tezda vujudga kelgan nostandart vaziyatni toʻgʻri baholab, shunga muvofiq harakat qilish, nazariyani amalga tatbiq qilish ancha yaxshi rivojlangan ekan.

Bu borada misollar koʻp, bu yerda hammasini keltirib oʻtirmadim. Ajabmaski, shuning uchun ham, balki, baʻzi kasblar – jarrohlik, fuqaro aviatsiyasida uchuvchilik, “Formula 1”da va boshqa shu singarilarda ishlovchilarning 99,9%ini erkaklar tashkil qilsa.

Erkaklar toʻgʻri maʻnoda tugʻma “ovchi”: jismonan va psixologik kuchli, oilaning moddiy taʻminotchisidir. Bu – Allohning hikmati. Erkakning oilaga bosh boʻlish vazifasi shu sababdan yuklatilgan boʻlsa, ehtimol.

Endi hozirgi koʻchalarimizdagi ahvol oʻzingizga maʻlum. Mashinalar, tirbandliklar, har xil “shumaxer” haydovchilar koʻp. Yoki boʻlmasa, xayolparast piyodalar… Bunday xavfli, asabiy vaziyatlarda albatta aksariyat ayollarda ularga zarur boʻlgan sovuqqon psixologik holat yetishmasligi tabiiy. Endi oʻylab koʻring, Xudo koʻrsatmasin (aslida bunday voqealar boʻlgan), agar ayol kishi mashinasida odam urib, oʻldirib qoʻysa-yu, uning emizikli farzandi boʻlsa, nima boʻladi?!

Oʻzim ham haydovchiman, bir mashina orqasidan yurib, uning harakatlanishiga qarab, rulda ayol kishi boʻlsa kerak desam, haqiqatda shunday boʻlib chiqadi. Chunki harakatlanishida ishonchsizlik bilinib turadi.

Boshqa tarafdan qarasak, ayollar uchun oddiy boʻlgan kundalik uy yumushlarini erkaklar umuman qila olmaydilar. Shuning uchun erkak va ayol oʻziga xos boʻlgan ishni qilishi toʻgʻriroq boʻlsa kerak. Yana ham Alloh bilguvchiroq!

Manba: Hordiq.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Erkak va ayolning psixologik farqi…(juda qiziq)