23:13 / 27.08.2018
5 186

Qashshoqlar odatlari: ulardan qanday qilib xalos boʻlish mumkin?

Qashshoqlar odatlari: ulardan qanday qilib xalos boʻlish mumkin?
Qashshoqlik oʻzimizning xayollarimizda ekan. Koʻpchilik badavlat kishilar yetuk isteʼdod egasi emas, har doim ham ter toʻkib mehnat qilmaydi. Shunga qaramay, ularning puli koʻp. Koʻpchilik mehnatkashlarda esa yoʻq. Nima qilish kerak? Fikrlashimizni tartibga solib, qashshoq boʻlishga majburlaydigan odatlardan batamom xalos boʻlish.

Olish va berish – qanday qilish toʻgʻri?

Imkoniyatingiz boʻlmasa, odamlarga yordam berish joiz emas. Barini oʻzingizga olib, oʻrniga hech nima bermay, isteʼmolchiga aylanish ham kerak emas. Muvozanatga amal qiling: ochiq, haqgoʻy va faol boʻling.

Diqqatni istaklarga qarating

Magʻlubiyatlaringizning barini miyada aylantirish bilan bogʻliq hislar tanishmi? Xayolan pul yoʻqligi, kiyimlaringiz eskirgani, polizdagi kartoshka tugayotgani, yangi hosil hali oʻsib chiqmaganidan oʻzingizga shikoyat qilasiz. Bundan xalos boʻling. Diqqatni imkoniyatlarga qaratish kerak. Vositalarni qanday koʻpaytirish, maqsadga erishish va istaklarni amalga oshirish haqida oʻylab koʻring. Muammolarni bir chetga suring, ana oʻshanda ular oʻz-oʻzidan yoʻqoladi.

Zavq bilan ishlash

Mashina, kompyuter, avtomatlashtirish mehnat jarayonini osonlashtirdi – endi uzoq va koʻp ishlash shart emas. Muhimi – aqlni ishlatib mehnat qilish va oʻz ishini topish. Koʻzingiz yonishiga sabab boʻladigan ish nafaqat xursandchilik, balki daromad ham olib keladi.

Foto: Pexels
Bolalikdagi fikrlar

Ota-onalarimiz “Pul – qoʻlning kiri”, “Boylar ham yigʻlaydi” kabi fikrlarni miyamizga quyishgan. Aynan shu soʻzlar bilan bizda kambagʻallik fikrlari shakllanishiga zamin yaratdilar. Biz esa katta daromadga ogʻir mehnat bilan erishiladi, degan fikrga ishonamiz. Katta daromadga munosib ekaningizni tushuning va bundan uyalmang. Mehnat evaziga munosib haq toʻlanishi kerak. Buni bilishingiz lozim.

Qulaylik zonasi

Koʻpchilikning ehtiyojlari qanday? Haftada bir marta supermarketdan bozor qilish, qishki palto uchun oylikdan hech boʻlmaganda ikki yuz ming olib qoʻyish. Badavlat kishilar esa bu roʻyxatga dunyoning boshqa mamlakatlarida dam olish, restoranlarga borish va h.k.larni kiritishadi. Shuning uchun bunday hayot ular uchun normaga aylangan. Oʻz roʻyxatingizga siz ham shunday narsalarni qoʻrqmasdan kiriting. Ana oʻshanda siz ham aynan shunday yashashni boshlaysiz.

Foto: Pexels
Qarzlar-chi?

Kredit, soliq yoki kommunal xarajatlarni toʻlayotganingizda jahlingiz chiqsa kerak. Bunday boʻlmasligi uchun oʻzingizni qarzdan xalos boʻlayotgandek his qiling.

Pullarni nima qilish kerak?

Koʻpincha katta mablagʻdan qoʻrqamiz. Koʻp miqdordagi pulni qanday ishlatishni oʻrganing. Ular bor-yoʻgʻi maqsadlarga erishish vositasi.

Ichki qadriyat

Oʻzingizni yoqtirmasangiz, atrofdagilar sizni nima uchun sevishlari kerak? Bu maoshga ham tegishli: oʻzingizni odatiy xodim deb oʻylasangiz, sizga haq toʻlash kerak boʻlgan jihatlar ham yoʻq. Professionalligingizni oshiring, shaxsiy bilimga sarmoya kiriting, oʻz-oʻzingizni rivojlantirish bilan shugʻullaning va shaxsiyatingizni qadrlashni oʻrganing. Agar oʻzingizga ishonsangiz, qimmatingizni boshqalar ham koʻradi.

Foto: Pexels
Kun kechirish uchun pul topish

Agar yoningizda aksiya boʻyicha sotilayotgan buyum va siz tanlashni istagan buyum boʻlsa, qay birini tanlaysiz? Chegirmaga berilayotganini olish ehtimolingiz katta. Bu esa qashshoqlar odati. Badavlat kishilar pul ishlab topish va ularni olish istagi tufayli qoʻlga kiritishga oʻrganishgan. Narxi arzon boʻlgani uchun diqqatlarini zerikarli narsaga qaratmasalar kerak.

Minnatdorlik

Odamlar va hayotga gʻamxoʻrlik, imkoniyat uchun minnatdorchilik bildiring. Ijobiy munosabat maqsadga erishish uchun muhim, ezgulik jahldorlikdan bir necha marta ustun.

Oʻzingizda bu odatlardan hech boʻlmaganda bittasini topdingizmi?

Manba: Kun.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Qashshoqlar odatlari: ulardan qanday qilib xalos boʻlish mumkin?