19:26 / 29.08.2018
16 823

Sevgan insoningiz xarakterini bilib olishingiz uchun ajoyib test!

Sevgan insoningiz xarakterini bilib olishingiz uchun ajoyib test!
Sevgan insoningiz ismini bosh harfini tanlang. Soʻngra uning xarakterini qanday ekanligini aniq bilib oling!

ISMNING BIRINCHI HARFIDAGI INSON XARAKTЕRI va SIRLARI…

(A). Fikrlash va xatti-harakatlarning oʻziga xosligi, feʼl-atvorning erkinligi va sardorlik qobiliyati bilan boshqalardan farq qiladi;

(B). Taʼsirchan va qalbi his-tuygʻuga toʻla boʻladilar. Ular oʻz his-tuygʻularini yashira olmaydi. Shodlik, xafalik, jahl, hayratda qolish — buning barchasini uning yuzidan ochiq kitobni oʻqigandek bilib olish mumkin. Bunday insonga jamoada ishlash yaxshiroq, yakka holdagi ish uni gʻamginlikka olib kelishi mumkin;

(D). Artistlarcha mahoratli va hazil-mutoyiba tuygʻusiga ega boʻladi. Bunday inson samimiy va muloqotda ochiq boʻladi, faqatgina idora tashqarisida. Bolaligidan oʻtkir zehnli va bor kuchini jamiyatda mustahkam oʻrin egallashga qaratadi;

(E). Pokizaligi bilan boshqalardan farq qiladi. Kichkina dogʻ yoki chang izi uni asabiylashtirishi mumkin. Bunday inson hayotidagi barcha narsalar oʻz-oʻzidan boʻlishini xohlaydi, oʻzini hech urintirmaydi. Ishda koʻpincha u ikkinchi darajali eʼtiborini qaratadi va oʻz faoliyatining tub maqsadini unutadi;

(F). Har tomonlama rivojlangan shaxs. Ijod bilan bogʻliq boʻlgan ish unga shodlik baxsh etadi. Bunday inson es-hushini yoʻqotguncha ijod qilishi mumkin. Nazariy bilimlarni mustahkam egallaganiga qaramay bunday insonga amaliyot yetishmaydi. Baʼzan ular zamonaviy hayotga umuman moslashmagan boʻladi;

(G). Oʻz uyi va oilasiga bogʻlangan boʻladi. Qarindosh urugʻlarning muammolarini yechish uchun hamma narsaga tayyor. Dam olishni ham, ishlashni ham birdek xush koʻradi. Bunday inson kuy va ohanglarni yaxshi farq qiladi va biror cholgʻu asbobida musiqa chaladi. Musiqa uning boʻsh vaqtini oʻtkazish uchun sevimli mashgʻulotiga aylanadi.

(H). Yorqin shaxsiyatparast. Uning bir oʻzi hech xijolat tortmay butun jamiyatga qarshi tura oladi. Fikrini oʻziga oʻtkazmoqchi boʻlgan insonlarni keskinlik bilan toʻxtatadi. Shu tariqa ularda oʻz ishlariga aralashish xohishini yoʻqotadi.

(I) Tom maʼnoda pullarni oʻziga tortadi. U yoʻq narsadan ham pul qila oladi. Har qanday holatni u oʻz foydasiga burishi mumkin. Bunday insonda millioner boʻlish uchun barcha imkoniyatlar bor. Unga hardamxayollik xos, lekin oʻzi buni sezmaydi.

(J). Oliyjanoblik, erkinlik va oʻziga xos murosasizlik. Oʻzini tez-tez saxiy qilib koʻrsatib, oʻzi bundan zavqlanadi.

(K). Yaxshi sanʼatkor. U barcha ishni mukammal darajaga yetkazadigan haqiqiy idealist. Bunday inson ijod qilishni yaxshi koʻradi.

(L). Hissiyotlari joʻshqin. Boshqalarning xafa qiladigan soʻzlari va harakatlariga umuman befarq boʻlsa-da, biroq u atrofdagi hayvonlar va tabiat hodisalaridan qattiq taʼsirlanadi. Oʻz ichki dunyosini voqea hodisalar tomon yoʻnaltirib, tabiat va hayvonot dunyosidan ilhom kutadi. Koʻpincha bunday inson kelajakni oldindan koʻradigan yoki ekstrasens boʻlib chiqadi.

(M). Intizomliligi va javobgarliligi bilan ajralib turadi. Bunday insonga biror ishni topshirib, vaqtida bajarilishiga ishonish mumkin. Uning haddan tashqari ishbilarmonligi katta xarajatlar evaziga yashash istagi bilan yaqin turadi.

(N). Ogʻir ishdan qochmaydi. U juda ham jizzaki odam va kelajakdagi muvaffaqiyatlar hozirda qilingan harakatlarga bogʻliq deb hisoblaydi. Koʻpincha u oʻz kuchiga ishonmaydi. Bunday insonlar orasida ruhi tushgan insonlar koʻp uchraydi.

(O). Doimo oʻz-oʻzi bilan kurashadi. Bu narsa uning ikkiyuzlamachiligi tufayli sodir boʻladi. Atrofdagi insonlarning fikriga qaramay, 5 daqiqa ichida oʻz fikrini qarama-qarshi fikrga almashtirishi mumkin.

(P). Sardorlik qobiliyatiga ega, qatʼiy va qaysar, mansabparastdirlar. Agar oʻzini biroz tiyib turmasa, u holda ertami kechmi jahli tez va tajang zolimga aylanadi. Bu mohir, hiylagar, gʻazablangan insonni oʻz ishlarini hal qilish uchun boshqaradi, uni osonlikcha oʻz ixtiyoriga boʻysundira oladi.

(Q). Tahlil qilish qobiliyati zoʻr boʻladi. Uning eng xush koʻrgan mashgʻuloti oʻzining va atrofdagi insonlarning xatti-harakatini tahlil qilishdir. Bunday inson kirishimli va sodiq doʻst boʻla oladi. Pul bilan muomala qilish qobiliyati bor. Undan yaxshi ishbilarmon chiqadi. U oʻziga kelajakda katta foyda keltiradigan ishlarni topadi. Bunday inson hech qachon xor boʻlmaydi. Bu odam oʻz oilasini hech qachon oxirgi oʻringa qoʻymaydi.

(S). Jizzaki va ichki hissiyotlari beqaror shaxs. Barchaning diqqat markazida boʻlishni yaxshi koʻradi va birovning oʻzi ustidan ustunlik qilishini koʻtarmaydi. Bunday inson doʻstlariga juda bogʻlangan boʻladi. Vaziyatga qarab boshqalarga rahm qiladi, ularga nisbatan mehribon boʻladi va gʻamxoʻrlik qiladi.

(T). Fikridan qaytarib boʻlmaydi. U oʻz erkinligi bilan ajralib turadi, oʻzining fikrlashi bilan atrofdagilarni xijolatda qoldiradi.

(U). Xushmuomala boʻladi va deyarli hech qachon noqulay vaziyatga tushmaydi. Ajoyib diplomat boʻlib, bu inson ashaddiy dushmanlarni ham osonlikcha yarashtira oladi.

(V). Faqat bittagina ish bilan shugʻullanishni yomon koʻradi. U bir vaqtning oʻzida hamma narsaga qoʻl uradi va buning uddasidan chiqadi. Bunday inson har xil narsalarga qiziqadi. Agar biror narsaga erisholmasa qattiq asabiylashadi va tez achchiqlanadi. Bunday inson katta tadbirlarni xush koʻradi. Va barcha jamoat ishlarida qatnashadi.

(X). Oʻzining ichki hissiyotiga ishonadi. Bu ichki his har doim ham unga yordam beravermaydi. U juda badgumon odam.

(Y). Koʻplab mavzulardan xabardor. Uning fikrlash jarayonini kuzatishning oʻzi boʻlmaydi, chunki bu insonning fikrlash tezligi juda ham yuqori. Bunday inson uchun pul har doim birinchi oʻrinda turadi.

(Oʻ) Judayam mehribon va muloyimdir. Uning dushmanlari umuman boʻlmaydi yoki juda kam boʻladi. Bunday inson oʻz ehtiyojlarini unutib boshqalar haqida qaygʻuradi. Ular kimgadir yolgʻon gapirishiga ishonish juda qiyin.

(Gʻ). Ancha zid shaxs. Romantik, shijoat uning qalbida tamoman moddiy qadriyatlar bilan yonma-yon mavjud boʻladi. Bunday inson taroziga oʻxshaydi. Tarozining ikki pallasi uning hayotida ikki tomonga ogʻadi, biroq ertami-kechmi dastlabki holatiga qaytadi.

(Sh). Juda yaxshi tashkilotchi. U hissiyotga berilish xususiyatiga ega boʻlsada, ancha hushyor, davomiy, bunday inson oʻz his-tuygʻularini ochiqchasiga namoyish etmaydi. Xiyonatni hech kachon kechirmaydi. Bunday insonni hokimiyat oʻziga tortmaydi. Oʻrinbosarlik bilan kifoyalanadi. Biroq ancha ishlarni oʻzi boshqaradi.

(Z). Ertami kechmi juda katta hayotiy kuch namoyon boladi. U juda his-hayajonga beriluvchan va xushchaqchaqdir. Sayohatlarni va odamlar orasida boʻlishni xoʻsh koʻradi. Xayolga koʻp beriladi. Bunday insonni ishga amaliy yondashuvi bizning zamonimizda kam uchraydigan xayolparastlik bilan mujassam boʻlgan. Biroq qatʼiy xarakter va kuchli irodasi tufayli uni yoʻldan urish mumkin.

(Ch). Oʻz nuqtai nazarini boshqalarga oʻtkazishni yaxshi koʻradi. U oʻz qarashlarini boshqalarga oʻtkaza olgach, muloyim va yoqimli insonga aylanadi. U oʻzini kuchli va irodali inson sifatida koʻradi. Boshqalar buni koʻrmayotganiga ajablanadi.

(Ya). Hissiyotlarga beriluvchan. U oʻz xatti harakatini beixtiyor va koʻp hollarda avval harakat qiladi keyin esa oʻylaydi. Artistlik mahoratiga ega boʻlib, koʻpincha davralarni qizdiradi. Notanish odamlar orasida oʻzini erkin his qiladi va yangi tanishlar orttiradi.

(X). Tashkilotchilik fazilatlariga ega. U koʻpincha jamoat ishlari bilan bogʻliq boʻlgan kasbni tanlaydi. Bunday inson juda faol boʻladi. U oʻz boʻyniga javobgarlik ishini olishdan qoʻrqmaydi.

Manba: Hordiq.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Sevgan insoningiz xarakterini bilib olishingiz uchun ajoyib test!