18:27 / 30.08.2018
14 051

Tugʻilgan sanangiz yordamida oʻz hayot yoʻlingizni bilib oling

Tugʻilgan sanangiz yordamida oʻz hayot yoʻlingizni bilib oling
Har bir inson xarakteri oʻziga xos bir olam. Bu haqida bilish, yanada uning qirralarini kashf etish qiziq, albatta. Quyidagi “Hayot yoʻli raqami” deb nomlanuvchi psixologik test yordamida siz xarakteringizni qanchalik toʻgʻri yoki notoʻgʻriligini tekshirishingiz mumkin. Faqat hisoblashda adashmaslikka harakat qiling. Masalan, agar kishi 1990 yil 25 dekabr sanasida tugʻilgan, yaʼni 25.12. 1990 boʻlsa, unda raqamlarni bir xonali son chiqmaguncha qoʻshib boraveramiz. Misol uchun: 2 + 5 + 1 + 2 + 1 + 9 + 9 + 0= 29 = 2 + 9 = 11= 1 + 1 = 2. Demak, mijoz raqami 2. Ana shu tarzda oʻzingiz haqidagi tavsiflardan boxabar boʻlishingiz mumkin.

1. Bu raqam kuch, shuhrat, gʻayrat va buyuklik ramzidir. Ular oʻzi tanlagan yoʻlidan hech qachon voz kechmaydi. Hamma narsada birinchi boʻlishni xohlashadi. Ularda tugʻma sardorlik qobiliyati bor. Hayotga jiddiy qaraydigan kishilar bilan qizikishadi. Sevsa ham “Sevgining koʻzi koʻr, kulogʻi kar “deb aytilgan naql aynan shu insonlarga mos. Obroʻ-mansab uchun koʻp narsani qurbon etishga qodirlar. Ular orasida sanʼatkor va siyosatchilar koʻp.

Yigitlar: Qiziqqon, oʻziga ishongan, harakatchan, qoʻrqmas, mard, toʻgʻri koʻngillidirlar. Qiyin vaziyatlarda ularga ishonish mumkin. Hamma narsani oʻzi hal etishni, bagʻrikenglik qilishni va buyruq berishni juda yaxshi koʻradi. Hayoti davomida uni oʻrab turgan narsalarni egallashga, qoʻlga kiritishga, hammadan ustun turishga intiladi. U bilan hayot qiziq, ammo tinchlik degan surur yoʻq.

Qizlar: Oʻziga ishongan, sabrli, aqlli, kuchli xarakter sohibasi, ammo oʻjar. Baʼzan qiziqqonligi tufayli oʻylamay ish qilib qoʻyadi. U oʻziga faqat oʻziga ishonadi, atrofdagi vokea-hodisalarni boshqarib borishga intiladi, ammo hamma aytganini qilaverganlarni yoqtirishmaydi. Rahbarlik xislatini kuchli namoyish etishiga qaramay baʼzida oʻzi buni tan olmasa ham, u mehr-muhabbatga hamda eʼtiborga muhtoj.

2. Bu raqam kayfiyatda, harakatlarda, oʻzini tutishida tenglikni ifodalaydi. Yumshoq xarakterli, har qanday muammolardan kelishuv izlaydigan, koʻp oʻylaydigan shaxslarning mijoz raqamidir. Bu raqam oʻt va suv, hayot va oʻlim, boylik va kambagʻallik, yaxshilik va yomonlik orasini hamda tenglikni ifodalaydi. Ular yaxshi maslahatchi, reja tuzuvchidirlar ammo ijro etuvchi emas. Sevgi bobida oʻzlarining kerakliklarini, ularni cheksiz sevishlarini his etib tursalar, hammasi yaxshi, ammo sal shubha paydo boʻldimi, tamom, rashkchi boʻlib anchagina oʻylamay ish qilib qoʻyishlari mumkin. Ularda tez-tez tushkunlikka tushishga moyillik bor.

Yigitlar: Ular davrani, suhbatlashishni juda yaxshi koʻrishadi. Ishonuvchan, atrofdagilarni ham ishontira olishadi. Doimo oʻzgalar muammolari bilan yashashadi, oʻzgarishlarga tez koʻnikishadi. Ular bilan munosabatda eng asosiysi shoshilmaslik. Afsuski, munosabatlar ogʻir, tashvishli, chalkash boʻla boshlasa, oʻz hayoliy dunyosiga yopinib olishadi.

Qizlar: Ularni aslida qanaqa ekanligini yanada yaqinroq tanishib bilish mumkin. Munosabatlar ochiq, orada ishonch qanchalik kuchli boʻlsa, oʻzlarini shunchalik baxtiyor his etishadi. Ular oʻzgaruvchan, avvaliga koʻrsatilayotgan eʼtiborlarni, gullarni, sovgʻalarni qabul qilib yurishi, keyin birdan fikrini oʻzgartirib, oradagi munosabatlarni toʻxtatishi ham mumkin.

3. Bu raqamdagi shaxslar boshqalardan tezroq oʻz xarakterlarini namoyon etishadi. Ular yangi bilimlarni tez oʻzlashtirishadi. Oʻtkir va sezgir aql sohibidirlar. Iqtidorli, ammo oldiga qoʻygan maqsadga erishish yoʻlida faqat oson yoʻl va foydani izlashlari asnosida yuqori choʻqqilarga erisholmay kolishi mumkin. Harakatchan, hayotga oʻta jiddiy karamaydigan insonlar. Har qanday sohani gullatishadi. Ularga ishonish mumkin, yaxshi doʻst, sirdoshdirlar.

Yigitlar: Yaxshi suhbatdosh, qobiliyatli, sarguzashtlarni, qaltis ishlarni yoqtiradigan, har qanday davrani qizita oladigan kishilar. U zerikishni, erkinligini toʻsib qoʻyishlarini va oʻzi ustida boshqaruvni koʻtarmaydi. Birinchi uchrashuvda oʻzi haqida eng yaxshi taassurot qoldirishga urinadi. Orzu qilishni juda yaxshi koʻradi. Maʼsuliyatsizlikka moyilligi bor. Ammo bunday inson bilan zerikish nimaligini bilmaysiz.

Qizlar: Aqlli va farosatli, harakatchan, samimiy, hissiyotli, optimist, orzular va istaklarga juda boy xarakterlidir.

4. Bu rakamdagi shaxslar qobiliyatli, aqlli, ehtiyotkor, mehnatkash, qaltis ishlardan yiroqda yurishni afzal biladigan shaxslar. Ular oʻz rejalari, gʻoyalari bilan yuradilar. Boshqalarning yordamisiz hamma narsani hal etishni istaydilar. Koʻpincha ularning hamma narsani oʻz qarichi bilan oʻlchashi kelishmovchiliklarga olib keladi. Oilasini koʻz korachigʻidek asrashadi va qadrlashadi. Bu raqamdagilarda kamdan kam romantik shaxslar uchraydi.

Yigitlar: Ular yaqinlari va oilasiga juda bogʻlangan. Oilasining qadriyatlarini va anʼanalarini davom ettirishni oʻz zimmasida deb oʻylaydi. Hayotlarining moddiy tarafini oshirish tashvishi bilan yurishadi. Reja asosida yuritadigan hayotini oʻzgartirishni istashmaydi.

Qizlar: Realist, hamma narsada aql bilan ish yuritadi. Oilasiga juda bogʻlangan. Munosabatlarda aniqlik va ishonchlilikni istaydi. Isrofgarchilikni yomon koʻradi hamda pulni behuda sarflamaydi, ammo sifatli va yaxshi narsaga pulni ayamaydi. Xarakteridagi injiqliklar, oʻjarliklar tufayli mayda narsalar ustidan ham kelishmovchiliklarni namoyish etadi.

5. Optimist, farosatli, dilkash insonlardir. Hamma narsaga qiziqishi tufayli sarguzashtlarni yoqtiradi. Xarakterlarida hissiyot yetakchilik qiladi. Tadbir va doʻstlar davrasini sevishadi, baʼzan kutilmagan xatti-harakati bilan atrofdagilarni hayron qoldirishni va oʻzgarishlar, yangiliklarni yaxshi koʻrishadi. Ular mehribon, koʻngilli, ammo doimo achchigʻi burni ustida turadi. Bu toifadagi insonlarni haqiqiy qulogʻi bilan sevadigan odamlar deyish mumkin.

Yigitlar: Oʻziga ishongan, juda aqlli, hissiyotli, adolatparvar, romantik shaxslar. Hech qachon maqsadidan ortga chekinmaydigan, hurmat talabdir. Yomon tarafi – dangasalik va oʻziga talabchan boʻlmasligi boʻlishi mumkin. Yolgʻizlikni yomon koʻradi.

Qizlar: Hissiyotli, koʻngli boʻsh, kayfiyati oʻzgaruvchan, oʻychan va oqkoʻngildir. Shuningdek, ularda parishonxotirlik kuchli. Siz bilan gaplashib turgan chogʻ koʻzlariga boqsangiz xayollari qayoqlardadir uchib yurganini koʻrasiz. Doimo birovlardan maslahat soʻraydida, baribir oʻz bilganini qiladi. Lekin koʻpincha ularning qarorlari toʻgʻri chiqadi.

6. Bu raqamdagi shaxslar ishonchli, samimiy, toʻgʻrisoʻzdir. Atrofdagilarda oʻzlariga nisbatan hurmat kozonishni, eʼtibor karatishni juda istashadi. Doʻstlari orasida bir-birini tushunish, qadrlashni saqlab ularning hayotini yaxshilashga harakat qilishadi. Yaxshi did sohiblari, odamlar bilan tez chiqishib, kelishib ketishadi. Unchalik harakatchan emaslar, Ularning qiziqishi koʻpincha oila va uy bilan bogʻliq boʻlib, oilaviy sokinlikni istashadi.

Yigitlar: Mehnatkash, doimo barqaror munosabatlarga intiladi. Koʻngli nozik, olishdan koʻra berishni maʼqul koʻradi. Onasiga juda bogʻlangan, oila va uy u uchun eng asosiysi, salga arazlaydi, tanqidni esa koʻtarolmay qattiq xafa boʻladi. Sevgi bobida ular butun borligʻi bilan, ammo mantivni surib sevishadi.

Qizlar: Hayotning har qanday sinovini boshini magʻrur tutib yenga oladi. Yuzaki qaraganingizda juda sovuq, ogʻir-bosiq, ajralib yurishni maʼkul koʻradigandek koʻrinsada, aslida, bu kattiq qobiq ostida koʻngli nozik, hissiyotli inson yashiringan. Ular yoshligida sodda, samimiy, tortinchoq boʻlishadi. Yoshi ulgʻaygan sari koʻp fikrlaydigan, faqat aql bilan ish tutadigan boʻlishadi.

7. Bu raqam bilim va sirlar ramzidir. Bunday insonlar shoirtabiat boʻlishadi, faqat ozgina gʻalatiliklar bilan birga, faraz dunyosiga boy, aqllidirlar. Bu raqam ostida buyuk bastakor, sanʼatkor, shoir, olim, faylasuflar tugʻilgan. Ularning ilhomi yolgʻizlikni talab etadi. Ularni tushunish qiyin boʻlishi mumkin. Ammo, yaqindan bilganingiz sari ichki dunyosi qanchalar boy ekanligiga guvoh boʻlasiz.

Yigitlar: Bu rakamdagi kishilarni ichki kuchi hamda hayotga va muhabbatga jiddiy qarashi ularni sovuq va hissiyotsiz koʻrsatishi mumkin. Koʻpincha faqat oʻzini oʻylashadi-yu, ammo muhabbatni his etishlari bilan yumshoq va hissiyotli insonga aylanishadi. Kutilmagan sovgʻalarni yoktirishmaydi. Oʻzlarining hayollarida yaratgan ideal parini uchratsalar, tanishishga botinolmasliklari mumkin.

Qizlar: Ular bunga intilishmasa ham odamni tez oʻzlariga rom etishlari mumkin. Chuqur maʼnoli va kuchli muhabbatni orzu qilishadi. Ularni oddiy gap otish bilan umuman oʻzingizga qaratolmaysiz. Erkinlikni afzal koʻradi. Baʼzan ideal insonlari haqidagi orzu-hayollari haqiqatni koʻrishga toʻsqinlik qilishi mumkin. Orzuga beriluvchan shaxs hisoblanib, hayotda ham shunga koʻra yashaydi.

8. Bu eng qiyin va tushunarsiz rakam. Ularni bir tarafdan mijoz raqami 4 boʻlgan shaxslarga oʻxshatish mumkin, yana bir tarafdan boshqalarga oʻxshamaydigan feʼl-atvor sohiblari deyish mumkin. Shuningdek, bu raqam ishbilarmonlik, tadbirkorlik, hayotning har sohasida qoʻrqmaslikni ifodalaydi. Oʻz maqsadlari yoʻlida hech kimni, hatto oʻzlarini ham ayashmaydi. Raqobatni juda yaxshi koʻrishadi. Ular kuchli irodalari bilan yagonadirlar. Oila uchun hamma narsani qurbon etishga tayyorlar.

Yigitlar: Erkin, oʻziga ishongan, kuchli irodali shaxslar. Odatda ular bir narsaga juda bogʻlanib qolishni yomon koʻradi. Oʻz maqsadlariga erishmaguncha qoʻymaydi. U negadir ular mehr-muhabbatga va eʼtiborga muhtoj, ammo oʻzi buni tan olmaydi.

Qizlar: Qiziqqon, irodali, kuchli shaxs. Yuzaki sovuq koʻrinsada, aslida nozik koʻngil va goʻzal qalb sohibasi. Muhabbatda xudbinlik qilmaydi. Ammo hayotda buni hamma sohada yaqqol namoyon etadi. Unga qarab “Sevgi va nafrat orasida bir qadam” deyish mumkin. Aytilmagan kechinmalar uni azoblaydi. Ajablanarlisi, oʻziga qiyinchiliklar tugʻdirishni yoqtiradi.

9. Bu raqam oʻtkir bilim, kuchli shaxslarni ifodalaydi. Bu toifa insonlarni sanʼat hamda ijod sohasida omadlari yurishadi. Ijodkorlik, yaratuvchanlik qobilbyatlari, ishbilarmonliklari harbiy sohadan koʻra ijod va sanʼat sohasida omadli kechadi. Sevgi bobida esa yagonadirlar. Sevgisi uchun koʻp narsani qurbon etishga tayyor.

Yigitlar: Bu raqamdagi shaxslar koʻp narsani biladi va bilishga intiladi. Ular bilan falsafa, dunyo bilimlari haqida dildan suhbat qursangiz orangizdagi munosabatlar yana ham yaqinroq va uzoq davom etishini taʼminlaysiz. Ular hayotda oʻz yoʻlini topgan, oʻzini namoyon eta oladigan shaxslarga intilishadi. Sevgi bobida sevgini yuragidan koʻra koʻproq aqlida, xayolot dunyosida moʻʼjizakor tuyadi. Ulardagi asosiy kamchilik real hayotdan ajralib yurishga intilishlaridir.

Qizlar: Ular doimo oʻz fikrlari, gʻoyalari bilan yuradi. Koʻp aql oʻrgatadi va bilimini namoyish etishga koʻp harakat qiladi. Galereya, teatr, tadbir va kechalarni juda yaxshi koʻradi. Oʻziga yaxshi eʼtibor beradi. Manmanlik, xudbinlik kabi hislatlardan nafratlanadi.

Manba: Hordiq.uz

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Tugʻilgan sanangiz yordamida oʻz hayot yoʻlingizni bilib oling